Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Odilbek Abdumajidov: «Murabbiyning menga bo‘lgan ishonchi yuqori»

Odilbek Abdumajidov: «Murabbiyning menga bo‘lgan ishonchi yuqori»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik futbolchilar orasida turli mamlakatlarda to‘p surayotgan legionerlarimiz bor.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga nomzod himoyachi Odilbek Abdumajidov joriy mavsumdan boshlab Qozog‘iston Premyer-ligasi ishtirokchisi «Ordabasi» sharafini himoya qilmoqda. Aslida futbolchi «Metallurg» klubi bilan shartnomasi bor, lekin u yerda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani tufayli qozoq klubiga ijaraga berilgandi. Abdumajidov yosh bo‘lishiga qaramay, qo‘shni chempionatda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda va jamoasiga tez moslashib ketdi. Premyer-liganing 21-turida hamyurtimiz «Atirau» darvozasiga gol urdi va jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Maxsus muxbirimiz ushbu bellashuv va boshqa mavzularda Abdumajidov bilan suhbatlashdi.

- Muhim g‘alaba («Ordabasi»-«Atirau»-2:0)ga golingiz bilan hissa qo‘shdingiz. Bu o‘yindan keyingi taassurotlaringiz qanday?

- Biz mazkur o‘yinda g‘alaba qozonishni juda ham istagandik. Turnir jadvalidan kelib chiqqan holda oldimizda turgan bahslarda muvaffaqiyat qozonmasak bo‘lmasdi. Muhim g‘alabaga erishdik va bu o‘yinda gol urib, jamoamga yordam berganimdan xursandman. Odatda, himoyachilar to‘p kiritsa, unga yanada qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi.

- «Ordabasi»ning chempionatda qayd etayotgan natijalariga munosabatingiz qanday?

- Natijalarimiz chakki emas. Lekin buni yanada yaxshilashimiz ham mumkin edi. Ko‘p o‘yinlarda omad bizdan yuz o‘girmoqda. Shuningdek, jamoamizda asosan yoshlar to‘p suradi. Shu bois, muhim bellashuvlarda tajriba yetishmasligi ko‘zga tashlanmoqda. Hali ham kech emas, mavsumni yanada yaxshi tugatishimiz mumkin. Barchasi o‘z qo‘limizda.

- Qozog‘iston chempionatining darajasi haqida nima deya olasiz?

- Saviya yaxshi darajada. «Ordabasi»ga o‘sishni maqsad qilgan holda kelganman. Mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazib, keyinchalik yanada kuchliroq chempionatga yo‘l olishni maqsad qilgandim. O‘ylaymanki, bu qarorim to‘g‘ri bo‘ldi. Har bir o‘yin juda qiziqarli va kurashlarga boy o‘tmoqda. Bu esa yosh futbolchilarni yanada o‘sishiga xizmat qiladi.

- «Ordabasi» bilan kelishuv muddatingiz tez orada tugaydi. Undan keyingi rejalar qanday?

- Bilasiz, huquqiy jihatdan «Metallurg» klubiga tegishliman. «Ordabasi»dagi faoliyatimdan keyingi rejalarimni oilam bilan maslahatlashgan holda tuzaman. Hozircha bu haqda o‘ylaganim yo‘q. Bor e’tiborim jamoamizning navbatdagi uchrashuvlariga qaratilgan.

- Jamoa bosh murabbiyining cizga bo‘lgan ishonchi qanday?

- Hammasi yaxshi. Bosh murabbiy bilan yaxshi munosabatdaman. U menga ishonch bildirmoqda.

- «Ordabasi» o‘z safiga yana bir hamyurtimiz Shahboz Umarovni qo‘shib oldi. U kelib, jamoangizning o‘yinini kuchaytira oldimi?

- Ha, albatta. Umarov kelganidan keyin jamoamiz natijalari yanada yaxshilandi. U jamoani kuchaytirdi. Shahboz borasida ortiqcha gapirib o‘tirishim shart emas. U Belarus futbolida yaxshi mavsumlarni o‘tkazib, qay darajadagi futbolchi ekanini isbotlab bo‘lgan.

- FIFA kunlarida yoshlar terma jamoasi bilan Janubiy Koreyadagi o‘quv-yig‘inda ishtirok etdingiz. U yerda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Bu terma jamoamizga foydali bo‘ldimi?

- Darhaqiqat, biz Janubiy Koreyadagi yig‘inda o‘tkazgan o‘rtoqlik bahslarimiz orqali yangi tajriba oldik. Bu esa terma jamoaga foydali ekani hech kimga sir emas.

IZZATBEK suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:00, 13.10.2022.
O'qildi: 1139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.