Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Bekobod tajribasi keng ommalashtiriladi

Bekobod tajribasi keng ommalashtiriladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu yilning avgust oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurib, «Metallurg» futbol klubi qoshida ochilgan «El Golazo» futbol akademiyasi bilan yaqindan tanishgan edi. Davlatimiz rahbari futbol akademiyamizda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgach, mutasaddilarga bu futbol maktabi tajribasini ommalashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.

Kecha O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan futbol mahorati maktablari, hududiy futbol assosiasiyalari, futbol klublari, akademiyalar direktorlari va murabbiylardan tashkil topgan katta guruh mazkur futbol maktabi ishini o‘rganish, uning tajribasini joylarda keng tadbiq etish, ommalashtirish maqsadida «El Golazo» futbol akademiyasida bo‘lishdi.

Ma’lumki, ushbu maktab Ispaniyaning taniqli «Real Madrid» klubi jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning oktyabr oyida faoliyatini boshlagan edi. “Metallurg” futbol akademiyasining o‘quv-mashg‘ulotlari «Real Madrid» futbol klubi an’analariga mos ravishda olib boriladi. O‘z navbatida murabbiylarning bir nechtasi aynan qirollik akademiyasi tavsiyasi bilan shahrimizga kelgan  ispaniyalik mutaxassislar hisoblanadi.

Tashrif davomida mehmonlar mazkur hududda joylashgan maydonlar, fitnes zallari, o‘quv binolari hamda yotoqxonalarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘quv-mashg‘ulotlari va ta’lim jarayonlarida ishtirok etib, mutaxassis hamda murabbiylar bilan suhbatlashdilar. Tashrif yakunida mutasaddilarga mazkur maktab tajribasini ommalashtirish yuzasidan kerakli maslahatlar berib o‘tildi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:50, 13.10.2022.
O'qildi: 1412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик