Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Muxlis badaniga dastxat!

Muxlis badaniga dastxat!

Baho:
+ | -

Argentina va Yamayka (3:0) milliy jamoalari o‘rtasida kechgan o‘rtoqlik o‘yinida qiziq voqelik kuzatildi.

 Nyu-Yorkda tashkil etilgan uchrashuv vaqti 3 nafar muxlis maydonga bostirib kirishga urindi. Ulardan biri Lionel Messi bilan suratga tushmoqchi bo‘ldi, biroq styuardlar bunga yo‘l qo‘yishmadi. Yana bir fanat Leo oldiga yaqinlashish yo‘lini topdi va badaniga dastxat tushirib oldi. U shundan so‘ng stadion nozirlari hamrohligida mahkamaga olib ketildi.

O‘yinningg o‘ziga kelsak, Lio­nel Messi «dubl»ga erishish asnosida Argentina milliy jamoasi libosidagi gollari sonini 90taga yetkazib qo‘ydi. «PSJ» hujumchisi shu tariqa jahon milliy jamoalari to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarildi. Argentinalik yulduz bu borada malayziyalik Muxtor Dahari- (89ta gol)dan o‘zib ketdi. Leo­ning Argentina milliy jamoa­sida 90ta gol marrasiga yetishi uchun 164ta o‘yin kerak bo‘ldi. Milliy jamoalar miqyosidagi jahon to‘purarlari reytingi 2-o‘rnida borayotgan eronlik Ali Dai hisobida 148ta o‘yinda urilgan 109ta gol bor. Rekordchi - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) esa 189ta uchrashuvda 117ta gol urgan. 

Leo shuningdek, jarima zarbasidan urgan gollari sonini 59taga yetkazib, mazkur natija bo‘yicha kuchli 10talikka kirdi. 35 yoshli hujumchi bu masalada braziliyalik goleador darvozabon Rojerio Seni hamda Marselinyo Karioka bilan tenglashdi. Futbol tarixida jarima zarbalaridan eng ko‘p gol urganlar (penaltilar hisobga kiritilmagan): 1. Ju­ninyo Pernambukano - 77ta; 2. Pele - 70ta; 3-4. Viktor LegrotalYE, Ronaldinyo - 66ta; 5. Devid Bekxem - 65ta; 6-7. Diyego Maradona, Ziko - 62ta; 8. Ronald Kuman - 60ta; 9-10. Rojerio Seni, Marselinyo Kario­ka, Lionel Messi - 59ta; 11. Krishtianu Ronaldu - 58ta.

Yana bir ko‘rsatkich bor - Leo terma jamoada yubiley 100-g‘alabani nishonlab, bu borada kuchli beshlikka kirdi. U Xavi (133ta o‘yinda 100ta g‘alaba) bilan tenglashdi. Jahon milliy jamoalarida eng ko‘p g‘alabaga erishgan futbolchilar: 1. Serxio Ramos - 131ta; 2. Iker Kasilyas - 121ta; 3. Krishtianu Ronaldu - 113ta; 4. Guardado - 102ta; Xavi, Lionel Messi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 13.10.2022.
O'qildi: 2298 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.