Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

L`Equipe ham Xolandni tan oldi

L`Equipe ham Xolandni tan oldi

Baho:
+ | -

Erling Xoland APLni go‘yoki, larzaga solmoqda.

 Mana, «Manchester Siti»ning yangi goleadori «MYU» bilan o‘yinda 3ta gol urishdan tashqari, yana 2tasiga assistentlik qildi va 6:3 hisobidagi katta g‘alabaga katta imzo qo‘ydi. Hozirda hamma norvegiyalik haqida gapirmoqda. Jumladan, futbolchilarga baho berishda ancha «ziqna» hisoblangan L~Equipe gazetasi ham.

Diqqat, L~Equipe nashrining ekspertlar guruhi Xolandning «MYU»ga qarshi o‘yindagi harakatlarini 10 ballga loyiq ko‘rdi. Bu maksimal bahodir. Aytish joiz, Erling Fransiya gazetasi tarixida bunday bahoga munosib topilgan atigi 14-futbolchi bo‘ldi. bolchining harakatlari eng yuqori — 10 ball bilan baholandi. Qolaversa, birgina Lionel Messi ikki bor 10 ball olganini ham aytish joiz.

L~Equipe nashridan 10 ball olgan futbolchilar

Frank Soze - 1988 yil

Bruno Martini - 1988 yil

Oleg Salenko - 1994 yil

Lars Vindfeld - 1997 yil

Lionel Messi - 2010 va 2012 yillar

Robert Levandovski - 2013 yil

Karlos Eduardo - 2014 yil

Neymar - 2018 yil

Dushan Tadich - 2019 yil 

Lukas Moura - 2019 yil

Serj Gnabri - 2019 yil

Kilian Mbappe - 2021 yil

Alban Lafont - 2022 yil

Erling Xoland - 2022 yil

Darvoqe… Erling Xoland APLdagi dastlabki 8ta o‘yinidayoq Krishtianu Ronalduning bir ko‘rsatkichini takrorladi. Gap «xet-trik»lar haqida ketmoqda. Oddiy aytganda, norvegiyalik APLda 3ta «xet-trik» qayd etishga ulgurdi. Portugaliyalik yulduz hisobida esa 232ta o‘yinda rasmiylashtirilgan 3ta «xet-trik» bor.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:50, 14.10.2022.
O'qildi: 1469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик