Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ulug‘bek Baqoyev: “Har to‘rt kunda o‘ynash bizga qiyinchilik tug‘dirdi”

Ulug‘bek Baqoyev: “Har to‘rt kunda o‘ynash bizga qiyinchilik tug‘dirdi”

Baho:
+ | -

“Navbahor” hamda “So‘g‘diyona” (0:0 asosiy vaqt, 3:1 penaltilar seriyasi) o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi yarim final bahsidan so‘ng, jizzaxliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyev Namangandagi atmosfera, jamoasi uchun har to‘rt kunda o‘ynash qiyin ekani va uchta frontda o‘ynash jamoaga qanday tajriba olib kelganini aytdi.

“Namanganda bunday ajoyib atmosferada o‘ynash yoqimli. Biz barcha qiyinchiliklar, qizil kartochka va yo‘qotishlar bilan ham bunday atmosferada bunday raqibga nisbatan tengma-teng o‘ynadik. Bugungi mardonavor o‘yin uchun futbolchilarga rahmat aytaman”, - deydi Baqoyev.

“Ochig‘i, uchta frontda uchrashuvlar o‘tkazdik va bu bizga juda katta qiyinchilik tug‘dirgani rost, ammo bu biz uchun katta tajriba ham bo‘ldi. Har to‘rt kunda o‘ynashga ko‘nikib ham qoldik. Futbolchilarning jarohatlari, jismoniy holatlarining yaxshi emasligi, ruhiy tomondan kamchiliklar kuzatilayotganiga shu omillar sababchidir deyish mumkin. Ikkita yarim finalda, yana penaltilar seriyasida yutqazganimiz juda alamli. Menimcha, futbolchilardagi ruhiy va jismoniy holatning yaxshi emasligi sababli, ikki marta ham bu seriyada yutqazdik”.

“Nima bo‘lgan taqdirda ham mavsum hali tugamadi. Biz kurashamiz. Barcha raqiblarni hurmat qilamiz, ammo hech kimdan qo‘rqmaymiz. Mavsumning qolgan o‘yinlarida yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz”

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 02:08, 15.10.2022.
O'qildi: 1568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик