Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

2001 yilda dunyoning eng yaxshi 100 futbolchisi ro‘yxatiga kiritilganlar taqdiri

2001 yilda dunyoning eng yaxshi 100 futbolchisi ro‘yxatiga kiritilganlar taqdiri

Baho:
+ | -

2001 yilda FourFourTwo jurnali dunyoning eng yaxshi 100 nafar yosh futbolchisi reytingini tuzdi. 21 yil o‘tdi - keling, yosh yulduzlarning karyerasi qanday rivojlanganiga baho beraylik. Ba’zilari hali ham yuqori darajada o‘ynashmoqda!

Birinchi o‘rinni Djibril Sisse egalladi. Fransiyalik futbolchi o‘sha vaqtda "Oser" safida tanila boshlagan edi va avlodning eng yaxshi iste’dodlaridan biriga aylanishga tayyor edi. U "Marsel"da o‘ynadi, "Liverpul" bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, lekin hech qachon katta yulduzga aylanmagan. U 2021 yilda AQSHda faoliyatini yakunlagan.

Ikkinchi o‘rin - Andres D'Alesandro. Argentinalik pleymeyker “River Pleyt”da yulduzga aylandi, 2004 yil Argentina terma jamoasi bilan Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi, biroq uning Yevropadagi faoliyati yaxshi chiqmadi – “Volfsburg” uchun 74 o‘yin o‘tkazgan D'Alesandro “Saragosa” va “Portsmut” uchun biroz kamroq bahslarda ishtirok etdi, lekin o‘zini ko‘rsata olmadi.

U bu yil faoliyatini Braziliyaning "Internasyonal" klubi afsonasi maqomida yakunladi - 374 uchrashuv va Libertadores kubogi chempionligi.

Uchinchi o‘rin - braziliyalik Leandro Bonfim. Ehtimol, siz bu odam haqida hech qachon eshitmagansiz. Transfermarkt xabariga ko‘ra, u roppa-rosa 100 ta o‘yinda maydonga tushgan, jumladan PSV va "Portu" safida, ammo muxlislar uni mashhur yulduz sifatida esga olishlarida shubha bor.

4. Fernando Torres

5. Jermeyn Pennant. "Arsenal" va "Liverpul"da o‘ynagan va shu orqali biroz mashhurlikka erishgan futbolchi

6. Rafael van der Vart.

7. Floran Sinama-Pongol. "Liverpul" bilan Chempionlar ligasi va "Rostov" bilan Rossiya kubogi g‘olibi bo‘ldi.

8. Pyotr Troxovskiy. O‘sha vaqtda "Bavariya" futbolchisi edi, ammo faoliyatining asosiy qismini "Gamburg"da o‘tkazgan. U jarohatlardan juda ko‘p azob chekdi.

9. Antoni Le Tallek. Sinam-Pognolning amakivachchasi. Ular birgalikda "Liverpul"ga kelishdi, ammo Antonining karyerasi ancha muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi (ammo rasmiy ravishda u Chempionlar ligasi g‘olibi sanaladi). Uning Rossiya pasportini olgan, hozirda “Torpedo”da o‘ynaydigan Damyen ismli ukasi ham bor.

10. Murod Meni. Faoliyatining ko‘p qismini "Bolonya" va "Lasio"da o‘tkazgan jazoirlik himoyachi.

Umuman olganda, faqat Torres va Van Der Vart kuchli 10 talikdan to‘laqonli yulduzlarga aylanishdi. Ammo ro‘yxatning pastida haqiqiy afsonalar va hatto "Oltin to‘p" sohibi ham bor.

13. Darren Fletcher

20. Andres Iniyesta. Ha, Le Tallek va Sinam Pongol undan iqtidorliroq hisoblagan.

24. Rikardo Kuarejma

27. Aryen Robben

32. Marat Izmaylov. Ushbu ro‘yxatdagi Rossiyadan yagona futbolchi.

35. Zlatan Ibrahimovich. Izmaylovdan pastda!

42. Xoakin. "Betis" afsonasi o‘sha vaqtda has "qurbaqalar" sharafini himoya qilgan. Umid qilamizki, reytingning 42-raqamini egallagan ispan 42 yoshgacha faoliyatini davom ettiradi (hozirda Xoakin 41 yoshda).

56. Lendon Donovan, AQSH afsonasi

78. Maykl Essyen

82. Dimitar Berbatov

95. Kaka. "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishdan 6 yil avval dunyoning eng ist’edodlilari ro‘yxatida mana shunday o‘rinni egallagan.

100. Aleksandr Gleb

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 10:57, 16.10.2022.
O'qildi: 2662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.