Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

O‘zPFL ilk bor Jahon futbol ligalari assosiasiyasi forumida ishtirok etadi

O‘zPFL ilk bor Jahon futbol ligalari assosiasiyasi forumida ishtirok etadi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Dubay 17-19 oktyabr kunlari Jahon futbol ligalari assosiasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan “Jahon futbol ligalari forumi-2022” tadbiriga mezbonlik qiladi. Unda ilk marta O‘zPFL vakillari Diyor Imomxo‘jayev hamda Zohirjon Akramxonov ishtirok etadi. 

Jahon futbol ligalari assosiasiyasiga 2015 yilda asos solingan bo‘lib, uning bosh qarorgohi Shveysariyaning Syurix shahrida joylashgan. Ayni vaqtda unga 44 mamlakat futbol ligalari a’zo hisoblanadi. O‘zPFL hamda assosiasiya o‘rtasidagi aloqalar shu yilning iyul oyidan boshlangandi. O‘tgan vaqt davomida tashkilot O‘zPFL bilan bog‘liq musobaqalar, hujjatlar va boshqa materiallarni o‘rganib chiqdi. Shundan keyin assosiasiya bosh kotibi Jerom Perlemuter O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev bilan sentyabr oyida aloqaga chiqdi va suhbatda ligamizni 45-a’zo sifatida qabul qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Shundan kelib chiqib, ayni vaqtda O‘zPFL mazkur forumda kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda.  

Mazkur tashkilot boshqaruv kengashi raisi Meksika futbol ligasi rahbari Enrike Bonilla hisoblanadi. Uning o‘rinbosarlari sifatida Angliya Premyer-ligasi rahbari Richard Masters hamda MLS rahbari Don Garber faoliyat olib boradi. Ayni vaqtda Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlari hisoblangan Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya ligalarining barchasi Jahon futbol ligalari assosiasiyasi a’zolari hisoblanadi. Shuningdek, Yevropaning Turkiya, Shotlandiya, Belgiya, Portugaliya, Serbiya, Daniya, Ruminiya, Shvesiya, Latviya, Polsha, Ukraina, Isroil, Gresiya kabi mamlakatlari ham unga a’zodir. 

Osiyo qit’asidan shu kunga qadar Avstraliya, BAA, Yaponiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Janubiy Koreya va Tailand mamlakatlarining futbol ligalari Jahon futbol ligalari assosiasiyasi bilan hamkorlik qiladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 14:32, 17.10.2022.
O'qildi: 1400 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.