Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Anchelotti: "Benzema "oltin to‘p"ni qo‘lga kiritsa, barchamiz xursand bo‘lamiz"

Anchelotti: "Benzema "oltin to‘p"ni qo‘lga kiritsa, barchamiz xursand bo‘lamiz"

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "qaymoqranglilar" hujumchisi Karim Benzemaning "oltin to‘p" uchun ovoz berishdagi ehtimoliy g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

“Umid qilamanki, u “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritadi. Karim uni qo‘lga kiritsa, barchamiz xursand bo‘lamiz, chunki bu qaysidir ma’noda butun "Real"ning g‘alabasi", - deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Transfermarkt.

Fransiyalik hujumchi sovringa asosiy davogar sifatida ko‘rilmoqda. "Oltin to‘p" - France Football tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot.

O‘tgan mavsumda Benzema La Liga va Chempionlar ligasida 46 ta o‘yinda 44 ta gol urib, Yevropadagi asosiy klublar musobaqasining 5 karra g‘olibiga aylangandi. Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

Kiritildi: 15:27, 17.10.2022.
O'qildi: 1232 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик