Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema "Oltin to‘p" mukofotini qo‘lga kiritganidan so‘ng dastlabki fikrlari bilan bo‘lishdi.
"Bu - bolalikdagi orzum. Sayohatim oson bo‘lmadi. Bu men va oilam uchun mashaqqatli o‘tdi. Bu yerda ilk marta bo‘lib turganimdan va o‘z mehnatimdan xursand bo‘ldim, albatta. Shunday ishlashda davom etaman", - dedi Benzema.