"Tottenxem" vingeri Son Xyon Min 2022 yilgi "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda 11-o‘rinni egalladi.
Bu osiyolik futbolchilar orasida tarixdagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, mukofotni "Real" forvardi Karim Benzema qo‘lga kiritdi, Mane ikkinchi, De Bryuyne uchinchi o‘rinni egalladi.