"Brentford" bosh murabbiyi Tomas Frank tez orada jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. The Telegraph jurnalisti Mett Louning yozishicha, daniyalik “asalarilar” bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.
Frank 2020/21 yilgi mavsumda tarixda birinchi marta "Brentford"ni Angliya Premyer-ligasiga olib chiqdi.
Avvalroq Frank rahbariyat bosh murabbiyi Stiven Jerrardga shubha bildirayotgan "Aston Villa"da ishlamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Brentford" bu mavsumda Premyer-ligada 9-o‘rinni egallab turibdi.