"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Brunu Fernandeshning yetakchilik fazilatlari haqida gapirdi.
“Menimcha, Brunu – sardorlikning haqiqiy namunasi. U butun jamoaning o‘yin uslubini o‘rnatadi, atrofidagi barchani rag‘batlantiradi, foydali o‘rnak ko‘rsatadi. Uning fazilatlari biz uchun juda muhim va men uning hissasidan mamnunman. Bundan tashqari, ishonchim komilki, vaqt o‘tishi bilan u ko‘proq golli uzatma va gollar bilan o‘yinga ta’sir qiladi", dedi Ten Xag matbuot anjumanida.
Chorshanba kuni "Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasi doirasida "Tottenxem"ni qabul qiladi.