Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Kurtua: «Yaxshi darvozabonsiz sovrin yutib bo‘lmaydi»

Kurtua: «Yaxshi darvozabonsiz sovrin yutib bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua "Oltin to‘p" sovrini uchun o‘tkaziladigan so‘rovnomada darvozabonlarga yetarli baho berilmayapti, deya hisoblaydi.

«O‘tgan mavsumda biz Chempionlar ligasida nafaqat Vinisius, Valverde, Benzema yoki Rodrigoning sa’y-harakatlari tufayli g‘olib chiqdik, balki bunda Kurtuaning ham hissasi bor.

Zamonaviy darvozabon shunchaki darvozani qo‘riqlamaydi. "Real"da o‘yinni boshlab berish mening zimmamga yuklangan. Men birinchi pas orqali hujumni qanday boshlashni yoki raqibning pressingi ostidan qanday chiqib ketishni hal qilaman. Hozirda darvozabonlar pleymeyker vazifasini ham bajarmoqda. Darvozabonlarning roli avvalgidan ham muhimroq bo‘lgan.

Yaxshi darvozabonsiz sovrin yutib bo‘lmaydi. Ba’zida esa buni unutib qo‘yishadi. Odamlar ko‘proq gol uradigan hujumchiga ovoz berishadi. Afsus. Ammo biz darvozabonlar muhim ekanini ko‘rsatishda davom etamiz.

Darvozabon kichik xatoga yo‘l qo‘yishi bilan, uni ko‘mib qo‘yishadi va u tufayli jamoa mag‘lubiyatga uchraganini aytishadi. Vaholanki, bungacha forvard 5-6 vaziyatni ko‘kka sovurgan bo‘ladi», – dedi belgiyalik posbon.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 21:27, 21.10.2022.
O'qildi: 1813 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик