Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Manchester Yunayted» qiyin grafikdan qanday chiqib ketdi?

«Manchester Yunayted» qiyin grafikdan qanday chiqib ketdi?

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» 6 kunda kuchli oltilikda turgan 3 jamoaga qarshi o‘ynadi va 5 ochko oldi. So‘nggi o‘yin eng qiyini bo‘lishi kutilgandi, hamda nafaqat raqib e’tibori bilan, jamoaning jismoniy holati tufayli ham.

Yaqinda ten Xag 10 kunda 4 uchrashuv kutib turganini va asosiy maqsad, futbolchilarning jismoniy tayyor bo‘lishiga erishish ekanini aytgandi. Ishonmang, chunki amalda unday emas, aslida murabbiy kattaroq vazifalar ustida ishlamoqda.

Masalan, «Nyukasl» bilan o‘yinda diskvalifikasiya tufayli, Maktominey o‘ynamasligi aniq edi, ammo ikki kun oldin «Omoniya» bilan oson o‘yinda u zaxirada qolib, Kazemiro to‘liq harakat qildi. Nega?

Chunki ten Xag ixtiyorida yangi futbolchilar bor, ayni pallada jamoaviy o‘yin, bog‘lamlar va ishlanmalarning amalda sinalishi jismoniy holatdan muhimroq. Agar jamoada poydevor o‘z vazifasini bajara boshlasa, keyin har qanday o‘zgarishlar, rotasiyalar og‘riqsiz kechaveradi.

Shu tomondan «Yunayted» qurilish jarayonining «Arsenal» yoki «Siti»dan ancha boshqa bosqichda turganini hisobga olish lozim. Har bir o‘yin nafaqat ochko uchun kurash, balki o‘sha jarayondagi bir qadam ham. U jamoalardagi o‘zgarishlar kimgadir dam berish, raqibga moslangan taktika, jismoniy forma uchun amalga oshsa, «Yunayted»da ba’zi futbolchilar o‘ynashi shart. Hozircha.

Kazemiro mana shu poydevorning muhim bo‘lagi. Qanchalik maydonga ko‘proq tushsa, adaptasiya shunchalik tez sodir bo‘ladi.

«Chelsi» bilan o‘yinning ikkinchi taymida mezbonlar biroz tetikroq ko‘rinishdi. Sababi ma’lum, birinchidan, uch kun oldin Brentfordda Potter ba’zi futbolchilarga dam berib, bugungi o‘yinga tayyorlangandi. Ikkinchidan, zaxirada aynan «Chelsi»da turli manevrlar uchun variantlar ko‘p edi - Xavers, Pulishich, Broya, Ziyesh... «MYU»da esa, Garnacho, Elanga, Ikbal, Pelistri kabi futbolchilar jami bo‘lib ham hali sanoqli daqiqalarda o‘ynashdi xolos. Ten Xag yoshlarga ishonmasligidan emas, aynan o‘sha sabab, avval jamoa poydevori qurib olinishi kerak. Jismoniy holat, B planlar haqida keyin qayg‘uriladi.

Yevropa Ligasi ham bor paytda, bu holat tez-tez pand berishi turgan gap, qo‘shilaman, lekin mana shu o‘n kunlik Kazemironing chinakam «MYU» futbolchisiga aylanish jarayoni uchun qurbon qilingan deb hisoblasak ham, ramziy ma’noda zo‘r yakunlandi-a, nima dedingiz?

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 12:00, 23.10.2022.
O'qildi: 4927 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.