Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Anchelotti: "Bizda ajoyib zaxira o‘rindig‘imiz bor"

Anchelotti: "Bizda ajoyib zaxira o‘rindig‘imiz bor"

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan “Sevilya” ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1) haqida fikr bildirdi.

"Qaymoqranglilar"ning o‘yindagi oxirgi ikkita golini zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ishtirokida kiritildi: Lukas Vaskes madridliklarning 2-goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, Marko Asensio 3-golga assistentlik qildi.

“Bizda ajoyib zaxira o‘rindig‘i bor. Zaxiradan maydonga tushgan yigitlar o‘yinga ta’sir etsa, bu jamoaning sog‘lom ekanligidan dalolatdir.

Hozir mavsumning bir qismi, chunki har bir o‘yin jismoniy va ruhiy jihatdan juda charchatadi. Biz to‘xtay olmaymiz. Kurashni davom ettirishimiz va g‘alaba qozonishimiz kerak.

"Real Madrid" - bu murabbiylik qilishdan zavqlanadigan jamoa, chunki hamma mening qarorlarimni hurmat qiladi va (bu) hech qanday muammo tug‘dirmaydi", dedi Anchelotti o‘yindan keyin.

Madridning “Real” klubi 31 ochkoga ega bo‘lib, La Liga turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi. “Sevilya” 10 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 12:04, 23.10.2022.
O'qildi: 1857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик