Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Yangi mavsum kashfiyotlari. Ularga grand jamoalar qiziqish bildirmoqda

Yangi mavsum kashfiyotlari. Ularga grand jamoalar qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

 Evrofutbolda o‘tgan mavsum va yangi mavsum o‘rtasida bo‘ladigan tanaffus juda qisqa o‘tdi. Sababi terma jamoalar yig‘inlari ko‘p bo‘ldi va Millatlar ligasi bahslari tufayli muxlislar qisman bo‘lsa-da futbol tomosha qilishdi. Yangi boshlangan mavsum esa bizga bir-nechta kashfiyotlarni taqdim etdi. Xolandning yangi jamoadagi o‘yinlari-yu, Neymarning yana formaga qaytishi bu qachondir kutilgan xolat edi va buni kashfiyot deya olmaymiz. Bu mavsum jahon futboli yulduzlari safiga qo‘shilishga intilayotgan 5 nafar futbolchi haqida so‘z yuritamiz. 

 Ferran Yutgla (Judjla) - "Bryugge" 

"Bryugge"ning o‘zi ushbu mavsumning rostmana kashfiyoti bo‘ldi desak ham to‘g‘ri. Sababi Belgiya klubi muddatidan 2 tur oldin Yevropa Chempionlar ligasi pley-offini hal qilib qo‘ydi. "Atletiko", "Portu" va "Bayer" kabi klublar bilan bir guruhdan joy olgan o‘rtameyona jamoaga bunday yutuqqa erishish albatta qiyin. Klubda jamoaviy o‘yin yaxshi rivojlangan, ammo ular orasida ko‘rsatishimizga arziydigan futbolchilardan biri - Ferran Yutgla. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsum "Barselona" safida ko‘rinish bergan edi. Yangi mavsumdan Belgiya klubida paydo bo‘lgan yigitcha jamoaning Chempionlar ligasidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turipti. Urilgan 8golning 4tasida Ferran bevosita ishtirok etdi. Shuningdek, Yutgla jamoaning eng yaxshi to‘purari va assistenti hisoblanadi. Yutgla "Arsenal"ning transfer rejalariga kirgan.

Mussa Diabi - "Bayer" 

Fransiyalik yosh iqtidor egasi hozirgi kunda grand jamoalar, jumladan, "Real" e’tiboriga tushgan. "Bayer" tarkibidagi o‘yinlari tufayli Diabining transfer narxi Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra 60 million yevroni tashkil etadi. Germaniya bundesligasining eng tezkor futbolchilaridan biri deya e’tirof etilayotgan Diabi ushbu mavsum 16 o‘yinda maydonga tushib 3 gol va 4 assistning muallifiga aylangan. Faoliyatining asosiy qismini "PSJ"da o‘tkazgan vunderkind agar, "Real" tarkibiga ko‘chib o‘tsa, Vinisius Junior bilan bir pozisiya uchun raqobatlashishi kerak bo‘ladi. 

Leandro Trossard - "Brayton"

Trossard ro‘yxatdagi eng yoshi katta futbolchidir. Uning porlab chiqishi o‘tgan mavsumda ro‘y berayotgan edi. Ammo bu mavsum belgiyalik haqiqatdan ancha o‘sishga erishdi. Leandro ushbu mavsum "Brayton"ning eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Uning hisobida ushbu mavsum 11 o‘yinda 6 gol va 2 assist bor. Angliya Premyer-ligasida bunday natija ko‘rsatish hazilakam narsa emas. Shu sababli futbolchiga "Atletiko" faol qiziqish bildirmoqda. Roberto de Zerbi "Brayton" boshqaruviga kelgach, Trossardning maydondaigi erkinligi qisman yo‘qoldi va u asosan o‘z qanotida o‘ynamoqda. Ammo bu ham uning sermahsulligi pasaytirgani yo‘q. Trossard Belgiya terma jamoasi tarkibida mundialda ham o‘zini ko‘rsatib qolsa hayron bo‘lmang. 

Xvicha Kvarasxeliya - "Napoli" 

Xvicha hozirgi kunda eng ko‘p tilga olinayotgan futbolchilardan biri. Uning texnikasi, tezligi, uzatmalari, va realizasiyasi ko‘plab grand jamaoalar "xayoligi o‘g‘irlagan". Xvicha Ushbu mavsum boshida "Napoli" tarkibiga "Dinamo Batumi"dan kelib qo‘shildi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay vunderkind kuchli chempionatga, kuchli jamoaga to‘liq moslashib keta oldi va xozirda u "Napoli"ning yetakchi futbolchisi. Gruziyalik ushbu mavsum italiyaliklar tarkibida 10 uchrashuv o‘tkazib 5 gol va 5 golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, xozir unga Angliyaning kuchli jamoalaridan qiziqishlar bo‘lmoqda. "Siti" va "Liverpul" u uchun asosiy davogar sifatida qaralmoqda. 

Kodi Gakpo - PSV 

Gakpo mavsumoldi transfer bozorida ham biroz shov-shuvlarga sabab bo‘lgan futbolchi. O‘sha payt "MYU" vunderkindni "katta" pulga sotib olmoqchi edi. Ammo ayrim muxlislar Gakponing darajasiga shubha qilishdi. Balki, shu sabab ham Kodi bu mavsumni super o‘tkazmoqda. Niderlandiya Erdeviziyasi vakili ushbu mavsum barcha musobaqalarda 19 o‘yin o‘tkazib, 13 gol va 11 golli uzatma amalga oshirib ulgirgan. Xolandona statistika. Futbolchining keyingi jamoasi katta ehtimol bilan "MYU" bo‘lsa kerak. Ammo futbolchi bunaqa sermaxsullik ko‘rsatishda davom etsa, unga "sovchi" jo‘natadiganlar ko‘payib qoladi. Balki, Xoland va Mbappe qatoriga yana bir yulduz qo‘shlmoqchidir. 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.  

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:18, 23.10.2022.
O'qildi: 4000 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.