Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Maksim Shaskix: “90 daqiqa pressing qilishning imkoni yo‘q”

Maksim Shaskix: “90 daqiqa pressing qilishning imkoni yo‘q”

Baho:
+ | -

Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Lokomotiv” (2:0) o‘yinidan so‘ng mezbonlar ustozi Maksim Shaskix ikkinchi bo‘limda atayin mehmonlarga tashabbus berilgani, jamoaning mavsum oxirlaridagi jismoniy holati, “Lokomotiv”dan “Navbahor”ga qarshi bahsda ijobiy natija kutayotgani va so‘nggi o‘yinlarda ko‘p sariq kartochka olayotgan shogirdlari haqida gapirdi.

“Birinchi bo‘limda kerakli natijaga erishgandan so‘ng, ikkinchi taymda ongli ravishda raqibga tashabbusni berdik. Mavsum oxiri doim birinchi planga chiqadi”, deydi Shaskix.

“Jamoamizning jismoniy holati yaxshi. Shunchaki, natija borasida bosim bo‘lishi mumkin. Mavsum oxirida xato qilishga haqqimiz yo‘q. Turnir jadvalidan kelib chiqib, barcha raqibga birdek qaraymiz. Bizning o‘z taktikalarimiz, ishlanmalarimiz bor. Qisqa vaqt ichida futbolchilarga ko‘p narsani o‘rgata olmaymiz. 90 daqiqa pressing qilishning imkoni yo‘q. Takror aytaman, hozir hamma futbol o‘ynashni biladi. Hujum qilish, himoyalanishni o‘zlashtirishgan. Biz o‘zimiz qurgan taktika bilan o‘ynaymiz. Bugun o‘yinimizda muammo ko‘rmadim”.

“Hozirda “Lokomotiv” qiyin ahvolda. Ularning bunday katta kuch bilan hujumga tashlanishi tabiiy. Shu bois, “Lokomotiv”ning “Navbahor”ga qarshi ham bugungidek zo‘r o‘ynashiga ishonaman”.

“Hozir barcha jamoalarda ogohlantirishlar va chetlatishlar uchun sanksiyalar bor. Bizda ham futbolchilar bunday choralar bilan tanishib chiqishgan. Futbolchilarning bu kabi choralarga qanday reaksiya bildirishlari muhim. Bilasizmi, tartib-intizomning buzilishi mahoratga ham ta’sir o‘tkazadi. Agar raqibda 10 nafar yulduz futbolchi bo‘lsa, mening o‘rtamiyona jamoamda tartib ularnikidan yaxshiroq bo‘lsa, ularni mag‘lub etishim mumkin. Maydonda tartib yo‘qmi, bu – anarxiya. Ikrom Aliboyev futbolni sog‘ingani ko‘rinib turibdi. Qoida buzilmadi deb o‘ylab jahli chiqdi. Boshqa vaziyatlarda esa uning agressiyasini ko‘rmadim. Farruh Sayfiyev esa, so‘nggi vaqtlarda bunday ishlarni bajonidil qilayapti”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 04:40, 25.10.2022.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик