«Spartak» klubi sobiq hujumchisi Valeriy Kechinov o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runovning «Ural»dan ketishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Nazarimda, futbolchining psixologik xarakterida qandaydir muammolar bor. U «Spartak» klubiga kelganida, ko‘p narsaga qodirligi ko‘rinib turardi: yaxshi texnika va o‘yinni o‘qish qobiliyaga ega edi. Keyin esa jamoani tark etishga majbur bo‘ldi. Undagi muammo ruhiyat bilan bog‘liq», — dedi Kechinov.
Futbolchi 2022/23 yilgi mavsumda "Ural" safida 3 ta o‘yinda harakat qilib, umumiy 80 daqiqa o‘ynadi.