Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Barselona" futbolchilari "Inter" - "Viktoriya" uchrashuvini birga tomosha qiladi

"Barselona" futbolchilari "Inter" - "Viktoriya" uchrashuvini birga tomosha qiladi

Baho:
+ | -

"Barselona" futbolchilari Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan "Inter" hamda "Viktoriya" (Plzen) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni birgalikda tomosha qilishadi, deb xabar beradi jurnalist Andrea Albets o‘zining tvitterida.

Manba bergan xabarga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Xavi “Inter” – “Viktoriya” uchrashuvini kiyinish xonasida birga tomosha qilish uchun futbolchilardan “Bavariya” bilan o‘yin oldidan stadionga erta yetib kelishlarini so‘ragan.

Milanda bo‘lib o‘tadigan o‘yin natijasi "Barselona"ning Chempionlar ligasida o‘ynashni davom ettirish imkoniyatlarini belgilashi mumkin. Agar “Inter” o‘z maydonida Chexiya jamoasini mag‘lub etsa, kataloniyaliklar va “Bavariya” o‘rtasidagi o‘yin natijasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, Xavi shogirdlari turnirning pley-off bosqichiga chiqa olmaydi.

"Inter" - "Viktoriya" (Plzen) uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanadi. "Barselona" va "Bavariya" o‘rtasidagi o‘yinning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 00:00ga belgilangan.

Kiritildi: 16:47, 26.10.2022.
O'qildi: 2863 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик