Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya - Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya - Iroq
15/10 17:00 Xitoy - Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston - BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston - KXDR
15/10 21:00 Eron - Qatar
15/10 21:00 Iordaniya - Ummon
15/10 21:00 Falastin - Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Bahrayn
16/10 01:30 Kolumbiya - Chili
16/10 04:00 Paragvay - Venesuela
16/10 04:30 Urugvay - Ekvador
16/10 05:00 Argentina - Boliviya
16/10 05:45 Braziliya - Peru

Premyer-liga yetakchisi, qadrdon "Sporting" yoki Mourinyoning “Roma”si: Krishtianu Ronaldu faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkin?

Premyer-liga yetakchisi, qadrdon "Sporting" yoki Mourinyoning “Roma”si: Krishtianu Ronaldu faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkin?

Baho:
+ | -

O‘tgan haftaning eng ko‘p muhokama qilingan mavzusi, ehtimol, Krishtianu Ronaldu va “Sherif” o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. Aniqrog‘i, bu uchrashuvda Erik ten Xag uni maydonga tushiradimi, yo‘qmi, degan savol aylandi. Murabbiy va “Manchester Yunayted”ning asosiy yulduzi o‘rtasidagi ziddiyat avjiga chiqdi.

Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi va u uzaytirilmasligi allaqachon hammaga ayon. Ammo klub va portugaliyalik yanvarda bir-birlaridan qutulishga harakat qilishadi, unda qanday variantlar bor?

"Arsenal" va "Chelsi"

Tomas Tuxel Ronaldu uchun to‘siq bo‘ldi. Nemis portugaliyalik yulduzning transferiga rozi bo‘lmadi, chunki u jamoaviy ruh uchun qo‘rqdi. Ammo qiziqish saqlanib qoldi. Ba’zi nashrlarning ta’kidlashicha, endi "ko‘klar"ga "to‘qqizlik" kerak va bu rol uchun Krishtianuda yaxshiroq variant yo‘q. "Chelsi" Krishtianuning maosh ishtahasini osongina qondirishi mumkin.

Ikkinchi variant esa kutilmaganda Premyer-liga yetakchisi bo‘ldi. Mikel Artetaning "Arsenal"i Premyer-ligani haqli ravishda boshqarib turibdi. Aynan shuning uchun matbuot Krishtianuning Londonning boshqa qismiga borishini taklif qilmoqda. Va Mikel Artetaning o‘zi go‘yo bunga qarshi emas, u hatto bunday nufuzli futbolchi jamoasida paydo bo‘lishidan xursand.

"Roma" va "Napoli"

Ronalduning "Napoli"ga o‘tishiga ehtiyoj sezish juda qiyin, ammo aynan o‘sha yerga matbuot uni eng faol jalb qilmoqda. Krishtianuning o‘tishi Aurelio de Laurentisdan PR harakati sifatida ko‘rsatadi, chunki jamoa o‘yin rejasida KriRoga mos keladigan joy yo‘q. "Napoli"da hozirda Osimxen, Xvicha, Politano, Lozano va Raspadori kabi kuchli hujum chizig‘I vakillari yig‘ilib qolishgan. Buning evaziga ular Chempionlar Ligasi pley-offiga chiqishdi va A Seriyada yetakchilik qilmoqda.

Ronaldu "Roma"ga ko‘proq mos keladi. Vatandosh murabbiy bilan bu yerda pozisiya tanlash mumkin. Ayniqsa, erkin transferga imzo chekkan Paulo Dibala jarohat olgan paytda. Ammo Krishtianuning "Roma"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar maoshga kelganda barham topdi.

“Sporting” yoki MLS

Saudiyalik shayxlar Krishtianuni aqlbovar qilmas pul evaziga mahalliy chempionatga jalb qilganlar. Ronalduga AQSH ko‘proq yoqadi va u yerga borishi ehtimoldan xoli emas, ammo bu oxirgi variant. Ronaldu bir-ikki yildan keyin Amerikaga borishni istaydi, ammo kuchli klublar tomonidan qiziqish bo‘lmasa, jarayon tezlashishi mumkin.

Xo‘sh, so‘nggi “disert” o‘rnida - mahalliy "Sporting". Darvoqe, Ular Chempionlar ligasida o‘ynaydi va "Manchester Yunayted" ancha barqaror. Bu mavsumda "sherlar" pley-off bosqichiga chiqish arafasida turibdi. Krishtianu Ronaldu faoliyatini chiroyli yakuni sifatida o‘z klubiga borish ehtimoli hali ham yuqori bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 12:34, 27.10.2022.
O'qildi: 3301 marta.
Fikrlar: 151 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.