Madridning “Real” klubi va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Eder Militao Ispaniya fuqaroligini oldi. Bu haqda jurnalist Aranka Rodriges ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Endi Militao xorijlik futbolchi hisoblanmaydi, bu esa Madridning “Real” klubiga La Liga rahbariyati tomonidan belgilangan limitni buzmagan holda ko‘proq xorijlik futbolchilarni jamoaga taklif qilish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Real"ning yana ikki braziliyalik futbolchisi Rodrigo va Vinisius Junior ham Ispaniya fuqaroligini olgan edi.
Ayni damda “qirollik klubi” Ispaniya chempionatida “Barselona”dan uch ochko farqi bilan peshqadamlik qilmoqda.