Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

De Xea Ispaniya terma jamoasining JCH-2022 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilmadi

De Xea Ispaniya terma jamoasining JCH-2022 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilmadi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi JCH-2022 oldidan 55 nafar futbolchidan iborat dastlabki kengaytirilgan tarkibni tayyorladi.

Jahon chempionati uchun yakuniy ro‘yxatga 26 nafar futbolchi kiritiladi. Murabbiy Luis Enrikening iltimosiga ko‘ra, dastlabki tarkib ochiqlanmaydi. Dastlabki ro‘yxatda har bir pozisiya uchun besh nafar futbolchi bor.

"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea qaydnomada yo‘q, deya xabar beradi As. Qayd etilishicha, JCH-2022ga Unai Simon («Atletik»), Robert Sanches («Brayton») va Devid Rayya («Brentford») boradi. Ro‘yxatda Kepa Arrisabalaga («Chelsi») va David Soriya («Xetafe») bor, lekin katta ehtimol bilan ular JCH-2022ga bormaydi.

Muvaqqat tarkibdan Ansu Fati («Barselona»), jarohatlangan Mikel Oyarsabal («Real Sosyedad») va Jerar Moreno («Vilyarreal»), shuningdek, Niko Uilyams («Atletik»), Borxa Iglesias va Serxio Kanales (ikkalasi ham «Betis») o‘rin olgan.

"PSJ" himoyachisi Serxio Ramos dastlabki ro‘yxatga kiritilgan, biroq uning jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kirish imkoniyati kam.

Kiritildi: 09:17, 29.10.2022.
O'qildi: 4370 marta.
Fikrlar: 34 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик