Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Rossiya termasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin. Ularning yana bir raqibi Tojikiston

Rossiya termasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin. Ularning yana bir raqibi Tojikiston

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Noyabr oyida ko‘plab jamoalar jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa, Rossiya terma jamoasi Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi - RFU kelishuvni e’lon qildi.

O‘yin 17 noyabr kuni Dushanbe shahridagi “Markaziy Respublika” stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Eron va Bosniyaga qarshi Rossiya maydonga tushishi kerak edi. Ularga nima bo‘ldi?

Ularning amalga oshishi dargumon. Bekor qilish rasman e’lon qilingani yo‘q, ammo hamma narsa shunga qarab ketmoqda. Sport-express bu muammoni shunday tushuntiradi:

• Jahon chempionati oldidan Eronning taqvimi juda tig‘iz – ular musobaqa oldidan terma jamoani zo‘riqtirmaslikka qaror qilishdi;

• Bosniya va Gersegovina javobni kechiktirmoqda. Bosniya futbol federasiyasi ijroiya qo‘mitasining o‘yin bo‘yicha qaror qabul qiladigan yig‘ilishi faqat 31 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Bosniyalik yetakchi futbolchilar, jumladan Miralem Pyanich 19 noyabr kuni Sankt-Peterburgda o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuviga qarshi chiqishdi.

Ehtimol, Bosniya o‘rniga boshqa raqib tanlanadi – hozircha O‘zbekiston asosiy nomzod deb qaralmoqda, deb xabar berdi Metaratings. Taxminiy sana va uchrashuv joyi 20 noyabr Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lishi mumkin.

Tojikiston terma jamoasi saviyasi haqida. 

Tojikiston FIFA reytingida 108-o‘rinni egallab turibdi. Taqqoslash uchun: Qirg‘iziston (hozircha Rossiyaga 2022 yildagi yagona uchrashuvda maydonga tushgan jamoa) 95, O‘zbekiston 77-o‘rinda.

Boshqa tomondan, JCH-2022 saralashida Tojikiston terma jamoasi qirg‘izlardan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. Ikkala jamoa ham bir guruhdan joy olgandi: tojikistonliklar Yaponiyadan so‘ng, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ammo ikkinchi o‘rindagi uchta eng yomon jamoalar orasida bo‘lgani uchun yakuniy saralash bosqichiga yo‘l olmadi. Darvoqe, O‘zbekiston ham o‘z guruhida ikkinchi bo‘ldi va saralashdan quruq qoldi.

Rossiyaning bo‘lajak raqibi hali Osiyo kuboklarida o‘ynamagan. Ammo yozda u saralashdan muvaffaqiyatli o‘tdi: Qirg‘iziston, Myanma va Singapur bilan bir guruxdan joy olib  g‘olib chiqdi. Demak, kelasi yili jamoa tarixdagi ilk yirik turnirda ishtirok etadi.

Muvaffaqiyat muallifini murabbiy deb atash mumkin - 56 yoshli xorvatiyalik kelib chiqishi nemis bo‘lgan Petar Shegrt. U Germaniyada katta nom qozonmagan, faqatgina Klaus Topmellerning yordamchisi bo‘lib ishlagan («Bayer»ning sobiq murabbiyi - 2002).

So‘nggi yillarda Shergt Osiyoda murabbiylik qilgan: avval Indoneziya klublarida, keyin Afg‘oniston va Maldiv orollari terma jamoalarida (u bilan Janubiy Osiyo futbol federasiyasi kubogida g‘olib chiqqan). Tojikistonni 2022 yilning yanvariga qadar o‘zbekistonlik murabbiy Usmon Toshev o‘rniga boshqargan. 

Sentyabr oyida yana bir yaxshi natija qayd etildi – Tojikiston terma jamoasi Tailandda qirol kubogini qo‘lga kiritdi. Trinidad va Tobago hamda Malayziyani mag‘lub etdi. 

Asosan Tojikiston terma jamoasi futbolchilari mahalliy chempionat yoki O‘zbekiston superligasida to‘p suradi. Ba’zan ular Eron yoki sobiq MDH mamlakatlaridagi klublarga tashrif buyurishadi. Masalan, Shaxron Samiyev (Belarusning «Torpedo-BelAZ»da paydo bo‘lgan) va «Krasnodar-2»dan yosh Alijoni Ayniy bor.

Ammo bundan tashqari yana bir nechta ligeonerlar ham mavjud. Misol uchun, himoyachi Siyavush Asrorov Bangladeshda, yarim himoyachi Amirbek Jo‘raboyev esa "Filippin Yunayted"da to‘p suradi.

 

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 13:32, 29.10.2022.
O'qildi: 2890 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.