Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya - Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya - Iroq
15/10 17:00 Xitoy - Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston - BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston - KXDR
15/10 21:00 Eron - Qatar
15/10 21:00 Iordaniya - Ummon
15/10 21:00 Falastin - Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Bahrayn
16/10 01:30 Kolumbiya - Chili
16/10 04:00 Paragvay - Venesuela
16/10 04:30 Urugvay - Ekvador
16/10 05:00 Argentina - Boliviya
16/10 05:45 Braziliya - Peru

Xayrlashish vaqti keldi

Xayrlashish vaqti keldi

Baho:
+ | -

"Barselona" moliyaviy muammolarga qaramay, transfer bozorida yaxshi ish qildi. Endi kataloniyaliklarning tarkibi to‘liq ko‘rinadi, ammo kadrlar bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda. Misol uchun, to‘rt nafar faxriy bilan nima qilish kerak. Ularning barchasi klub tarbiyalanuvchilaridir, ammo ularning har birining o‘z klubidagi vaqtlari nihoyasiga yetmoqda.

Jerar Pike

Pike ko‘p yillar davomida "Barselona"ning ramzi bo‘lib kelgan. Ehtimol, u hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda, garchi so‘nggi paytlarda futbolchi klubda eng yaxshi holatda emasligi haqida ko‘proq ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Aytilishicha, bosh murabbiy Xavi Ernandes futbolchidan norozi va uning yanvarda jamoani tark etishini istamoqda. Shu bilan birga, 35 yoshli markaziy himoyachining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. "Atletik" himoyachisi Inigo Martines joriy mavsum oxirida erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan Jerarga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.

Pikening "Barselona"ga sodiqligiga shubha yo‘q. Ammo har bir hikoya ertami-kechmi tugaydi. Xavi markaziy himoyachi sifatida Jyul Kunde, Andreas Kristensen, Ronald Arauxo va Erik Garsiyaga ega. Jerar - mutaxassis uchun to‘rtinchi yoki beshinchi variant. Bu Kataloniya klubida 613 o‘yin o‘tkazgan odamga mos keladimi? Yozda (qishda bo‘lishi dargumon) tomonlar kelishuvni bekor qilishlari mumkin. Bundan keyin Pike hatto faoliyatini yakunlashi kutilyapti, chunki u boshqa klublarda o‘ynashga qiziqmaydi.

Jordi Alba

Alba ham Pike kabi klubda qiyin ahvolda. Bir necha oy oldin futbolchi ko‘p narsani aytib bera olishini, ammo o‘z klubiga qarshi bunday qilmasligini aytgandi. Balki ispaniyalik rahbariyat bilan ziddiyatga tushib qolgandir. O‘yin nuqtai nazaridan u ham har doim ham yaxshi o‘ynaydi, deb bo‘lmaydi. Alba maydonda kam vaqt o‘tkazmoqda. Faxriyni 19 yoshli Aleks Balde tarkibdan chiqarib yubora boshladi. Kataloniyaliklar uzoq vaqtdan beri 33 yoshli himoyachiga o‘rinbosar izlashdi va yakunda uni o‘z akademiyasida topishdi.

Albaning "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo‘ljallangan, biroq tomonlar tezroq xayrlashishi mumkin. Jordi shartnoma muddati tugaguncha kataloniyaliklarni tark etishi mumkin, ammo u ishsiz qolmaydi. OAV xabariga ko‘ra, himoyachining ehtimoliy transferiga bir qancha klublar, jumladan, "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.

Serxi Roberto

Roberto bir necha yillardan beri "Barselona"ni tark etish arafasida edi, biroq ayni paytda klubda qolmoqda. O‘tgan yozda tomonlar hatto 1 yilga yangi shartnoma imzolashdi. Bu qarorning tashabbuskori Xavi edi. Mutaxassis futbolchini bir nechta pozisiyalarda o‘ynay olishi uchun qadrlaydi. Joriy mavsumda u Ispaniya chempionatida atigi 3ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Robertoning ham kelajagi noaniq. Birinchidan, futbolchining yaqinda uzaytirilgan shartnomasi tugaydi. Ikkinchidan, ispaniyalik ancha muvaffaqiyatli chiqishlari fonida jiddiy jarohat oldi. 30 yoshli himoyachi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Serxio Buskets

Buskets - "Barselona"ning tirik afsonasi va jamoa sardori. U jamoa uchun 693 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu bir klub uchun maydonga tushish bo‘yicha Yevropadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. 34 yoshli yarim himoyachining kataloniyaliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha hisoblangan. Uning o‘yin vaqti bilan bog‘liq muammolari yo‘q, ammo "Barselona" haligacha veteranning yoshini inobatga olgan holda uning o‘rniga futbolchi qidirmoqda. Ispaniyalik futbolchining o‘rniga Ruben Nevesh va Martin Subimendi nomlari ko‘rsatilgan.

Mish-mishlarga ko‘ra, Busketsning o‘zi kataloniyaliklar bilan yangi kelishuvdan bosh tortgan va faoliyatini boshqa joyda davom ettirishga qaror qilgan. Ispaniyalik futbolchi MLS bilan bog‘lanadi, u yerda asosiy da’vogar "Inter Mayami" hisoblanadi. Futbolchi bu ma’lumotni inkor etib, kelajagi haqida mavsum yakunida bir qarorga kelishini bildirmoqda. Qanday bo‘lmasin, Buskets faoliyatini qayerda davom ettirish yoki tugatishni mustaqil hal qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Mavsum oxiriga qadar u “ko‘k-anorranglilar” safida 700 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkichga ega futbolchining har qanday qarorini klub qabul qilishi kerak.

Kiritildi: 11:51, 30.10.2022.
O'qildi: 17292 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.