Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

"Barselona" yangi o‘ng qanot himoyachisi izlamoqda

"Barselona" yangi o‘ng qanot himoyachisi izlamoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" o‘ng qanot himoyachisiga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi bu transferni klub uchun ustuvor vazifa deb hisoblamoqda. Bu o‘ringa yangi futbolchi qishda qo‘shilishi mumkin.

Yozda "Barselona" Ektor Belyerinni o‘z safiga qo‘shib oldi - u transfer oynasi oxirida klubga erkin agent sifatida qo‘shildi. Futbolchi jamoadagi eng kam maoshga - yiliga 400 ming yevroga rozi bo‘ldi.

Biroq mavsum davomida klub Belyerinning o‘yinidagi kamchiliklarni ko‘rdi - ayniqsa, yirik uchrashuvlarda. Klub allaqachon u bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Ba’zi o‘yinlarda Xavi markaziy himoyachilar Jyul Kunde va Ronald Arauxoni o‘ng qanotda ishlatdi. Serxi Roberto ham himoyaning o‘ng qanotida o‘ynay oladi, ammo u yarim himoyada o‘zining asl pozisiyasida o‘ynashni afzal ko‘radi.

Oldinroq "Barsa" "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalotga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, biroq “MYU” shartnomani bir mavsumga uzaytirish variantidan foydalanishi mumkin.

Kiritildi: 00:24, 01.11.2022.
O'qildi: 2155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик