Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" Chupo-Motingni mukofotlamoqchi

"Bavariya" Chupo-Motingni mukofotlamoqchi

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchi Erik Chupo-Moting bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Nemis grandi kamerunlik futbolchining o‘yinidan mamnun va uni yangi mehnat shartnomasi bilan taqdirlamoqchi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yaqin bir necha oy ichida 33 yoshli hujumchining kelajagi haqida gaplashib olishadi.

2022/2023 yilgi mavsumda Chupo-Moting myunxenliklar safida 13 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi olti oydan keyin tugaydi.

Kiritildi: 09:39, 02.11.2022.
O'qildi: 1646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик