Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy 1-0 Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand 1-1 Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante 1-1 Espanyol
11/01 22:00 Verona 0-1 Lasio
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari
13/01 00:45 Yuventus - Cremonese
13/01 01:00 Sevilya - Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya

"Barsa" agar katta taklif tushsa, de Yongni sotishga tayyor

"Barsa" agar katta taklif tushsa, de Yongni sotishga tayyor

Baho:
+ | -

Frenki de Yong yaqin orada "Barselona"ni tark etish niyatida emas.

Yarim himoyachi OAVda uning kelajagi doimo muhokama qilinishini biladi, lekin bu masalada qat’iyligicha qolmoqda: u "Barselona"ni tark etishni istamayapti. Qishki transfer oynasida u har qanday taklifni tinglashdan bosh tortadi, deb yozadi Diario Sport.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda "Barselona" moliyaviy muammolar tufayli Frenkini sotmoqchi edi. Kataloniya klubi "Manchester Yunayted" bilan uning transferini taxminan 80 million yevroga kelishib oldi, biroq yarim himoyachi transferni qat’iyan rad etgani uchun kelishuv amalga oshmay qoldi.

Mavsum boshida "MYU" de Yongni klubga o‘tishga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi, biroq futbolchi bu masalalarni Jahon chempionati oldidan muhokama qilmoqchi emasligini aytdi. Shuningdek, u ingliz klubi vakillariga yanvar oyida jamoani o‘zgartirish niyatida emasligini aytdi.

De Yong "Barselona" bilan 2026 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomani ishlab chiqmoqchi. U bu jamoa uchun asosiy futbolchi bo‘la olishini biladi va "Barsa" bilan muvaffaqiyatga erishmoqchi.

Frenkining "Barsa"da qolish istagi borligiga qaramay, klub agar katta taklif tushsa, uni yozda sotish kerak deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, “Barselona” Lionel Messi yoki Bernardu Silvani qo‘lga kiritish uchun katta sotuvga muhtoj. Bu borada klub de Yongga etibor qaratishi mumkin.

25 yoshli markaziy yarim himoyachi joriy mavsumda "Barsa" safida barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Mavsum boshida u tez-tez zaxiradan maydonga tushdi, ammo so‘nggi olti o‘yinning beshtasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Kecha "Viktoriya" bilan o‘yinda (4:2) Frenki maydonga tushmadi.

Kiritildi: 11:37, 02.11.2022.
O'qildi: 3123 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.