Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Asror Aliqulov: "Tezkor gollar evaziga g‘alaba qozondik"

Asror Aliqulov: "Tezkor gollar evaziga g‘alaba qozondik"

Baho:
+ | -

Pro-Liga 24-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Aral Samali" uchrashuvidan so‘ng "Sho‘rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

- "Aral Samali" jamoasi so‘ngi uchrashuvlarni mehmonda o‘tkazmoqda va o‘z darvozasidan ko‘p to‘p olib chiqmoqda. Biz bugun raqibdan qarshi hujumga asoslangan himoyaviy o‘yinni kutgandik. Ular shu taktika asosida harakat qilishdi. Biz tezkor gol kiritishimiz shart edi. Birinchi bo‘limda uchta gol kiritdik. Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz osoyishtalikka berilishdi. Biz yana ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Lekin ularni golga aylantira olmadik. "Aral Samali" jamoasi uchrashuv so‘ngiga qadar chuqur himoyaviy taktikasidan voz kechmadi. Asosiysi g‘alaba qozondik, lekin ikkinchi bo‘limda gol kiritmaganimiz meni qoniqtirmadi" - deb o‘z fikrlarini yakunladi Asror Aliqulov.

- Ikki o‘yindir-ki Muhriddin Zoirov asosiy tarkibdan o‘rin olmayabdi. Buning sababi nimada?

- Oldingi bellashuvda biz Asad Samariddinovning o‘yinidan qoniqish hosil qilgandik. Shu sababli bugun ham unga imkoniyat berishga qaror qildik. U bugun gol urmagan bo‘lsa ham raqib himoyachilarini bosim ostida ushlab turdi. Muhriddinni ikkinchi bo‘limda tushirdik. Chunki raqib himoyachilari birinchi bo‘limda toliqishlarini bilardik. Lekin Zoirov bugun o‘zining yaxshi o‘yinini o‘ynadi deb ayta olmayman.

- Bekzod Suvonov anchadan buyon zaxirada edi. Oxirgi o‘yinlarda unga imkoniyat beryabsiz va u buni oqlamoqda. Shu haqida...

- Bekzodni uyg‘otishga ko‘p vaqt sarfladik. Uning oxirgi o‘yinlaridan biz qoniqish hosil qilyabmiz. so‘ngi ikki oy davomida mashg‘ulotlarda ham o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Suvonov o‘zining mehnatlari evaziga asosiy tarkibdan joy olmoqda.

Manba: "Шўртан" футбол клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 22:21, 02.11.2022.
O'qildi: 1419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.