Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Mateus Lima Kruz: «O‘zbekistonda futbol ko‘pchilik o‘ylagandan ko‘ra yaxshiroq»

Mateus Lima Kruz: «O‘zbekistonda futbol ko‘pchilik o‘ylagandan ko‘ra yaxshiroq»

Baho:
+ | -

O‘zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda muvafaqqiyatli odimini davom ettirayotgan Qarshining «Nasaf» klubi bu yil o‘z tarixida yangi sahifa ochishga nihoyatda yaqin turibdi.

Jamoa butun mavsum davomida OCHLda ham, Superliga bahslarida ham bor yo‘g‘i bir martadan mag‘lubiyatga uchradi xolos. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari o‘tgan turda Navoiyda «Qizilqum»ni mag‘lub etib, chempionlik uchun katta qadam tashladi. Biz mazkur uchrashuvda g‘alaba keltiruvchi «oltin»ga tenglashtirilayotgan gol muallifiga aylangan braziliyalik Mateus Lima Kruz bilan suhbatlashib ayrim savollarimizga javob oldik. (Suhbat 25 oktyabr kuni o‘tkazilgan edi)

- Avvalambor muhim g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoangiz kuchli raqibga qarshi uchrashuvda sizning golingiz evaziga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi...

- Men bu o‘yin qanchalik muhimligini bilardim va shuning uchun Navoiyda g‘alaba qozonishni juda xohlagandim. Lekin, «Qizilqum» jamoasi buni yaxshigina qiyinlashtirdi. Chunki, ular himoyada zich o‘ynab, qarshi hujumlarda  faol o‘ynashdi. Biroq, biz oxirigacha kurashdik va Xudo menga g‘alaba golini kiritishni nasib etgan ekan.

- «Nasaf»ning qolgan o‘yinlari nisbatan oson raqiblarga qarshi o‘tadi. Sizningcha, jamoangiz yetakchilikni saqlab qola oladimi?

- Bu chempionatda oson o‘yinlar yo‘q, har bir klub qandaydir maqsad uchun kurashmoqda. Shuning uchun biz diqqat va qat’iyat bilan o‘ynashda davom etishimiz hamda jamoamizni 1-o‘rinda ushlab turishimiz kerak.

- Siz bu yerga butunlay boshqa qit’adan, boshqacha futboldan kelgansiz. Shubhasiz, moslashishda muammolar bo‘lgan. Hozir o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Ha, men bu yerga kelganimda o‘yinlarga yuz foiz tayyor emasdim va o‘yin amaliyoti ham yo‘q edi. Lekin, jamoaga yordam berish uchun har kuni astoydil harakat qildim. Mana endi Xudoga shukur, natijalar kelmoqda va jamoa o‘yiniga juda yaxshi kirishib ketyapman. Ke­yingi o‘yinlarda «Nasaf» uchun bor kuchimni ishga solishda davom etmoqchiman.

- O‘zbekistondan taklif qanday sodir bo‘ldi va uning nimasi Sizni o‘ziga tortdi?

- Menejerim «Nasaf» taklifi haqida gapirganida men Braziliyada edim va klubning chempion bo‘lish niyati borligini tushundim. Qolaversa, ular Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirokini davom ettirayotgan edi. Shuning uchun, bu taklif juda qiziqarli chorlov bo‘ldi va yurtingizga kelishga qaror qilish haqida ko‘p o‘ylab o‘tirmadim.

- O‘zbekistonga kelishdan oldin yurtimiz futboli haqida qanday fikrda edingiz va bu yerga kelganingizda sizni nimalar ajablantirdi?

- Chempionatingiz Osiyoda tobora rivojlanib borayotganini bilardim. Jamoaga kelganimda muxlislarning iliq qabul qilishi, stadionning tuzilishi hamda barcha o‘yinlardagi tashkiliy ishlardan hayratda qoldim. Mamlakatingizda futbol haqiqatdan ham ko‘pchilik o‘ylagandan ko‘ra yaxshiroq ekan va men bu yerda baxtliman.

- Skolari, Ziko va Rivaldodek yulduz hamyurtlaringiz «Bunyodkor»da ishlaganidan xabaringiz bo‘lsa kerak?

- Ha, bu haqda bilardim. Agar, O‘zbekiston chempionatida shunday yulduzlar ishlagan bo‘lsa, demak mamlakatda va chempionatda shunga arziydigan sabablar borligiga ishonchingiz komil bo‘lishi mumkin. Umid qilamanki, men ham bu yerda uzoq vaqt qolib, o‘ziga xos tarix yoza olaman.

- Turnir jadvaliga nazar tashlasak, «Nasaf» eng kamida kumush medallarni qo‘lga kiritishi mumkin. Bordiyu, peshqadamlik boy berilsa, fojiaga aylanib qolmaydimi?

- Biz o‘yindan-o‘yinga, bosqichma-bosqich o‘sish yo‘lida izlanyapmiz. Har bir o‘yin kuchli ekanligimizni va bor e’tiborimizni faqat bir joyga jamlab g‘alaba uchun intilayotganimizni ko‘rsatib bermoqda.

- Braziliyadagi do‘stlaringiz bu yerdagi faoliyatingiz va turmush tarzingiz bilan qiziqishi tabiiy. Ularga nimalar haqida gapirib beryapsiz?

- Ha, ular mendan bu yerda hayot, madaniyat qanday, deb so‘rashadi va men albatta, ijobiy javob beraman. O‘zbekiston ba’zi davlatlarga o‘xshamaydi, bu yer menga juda yoqadi. Ochig‘i, mamlakatingizni yaxshilab o‘rganishga vaqtim yetmayapti. Chunki, doimo o‘yinlar va mashg‘ulotlar bilan bandmiz. Lekin, hozirgacha ko‘rgan narsalarimning barchasi juda yoqimli.

- So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sermahsul hujumchilar kamayib bormoqda. Sizningcha, zamonaviy hujumchi qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?

- Menimcha, ularda harakatchanlik va yaxshi texnika bo‘lishi kerak. Ana o‘shanda biz Yevropaning top-ligalarida ham o‘zbek hujumchilarini ko‘proq ko‘rishimiz mumkin. Aslida, men bu yerda Yevropada ham o‘ynay oladigan bir nechta iste’dodlarni ko‘rdim.

- O‘zbekiston kubogi finaliga ham kam vaqt qoldi. Raqibingiz «Navbahor»ning o‘yini haqida qanday fikrdasiz?

- Ular yaxshi jamoaga ega va final, bitta o‘yindan iborat. Unda esa hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Biz faqat konsentrasiyani yo‘qotmasligimiz kerak. Bunday o‘yinlarda kim kamroq xato qilsa, o‘yinda o‘sha g‘alaba qozonadi.

- Qatar mundialiga ham oz vaqt qoldi. Shubhasiz, favoritlardan biri - Braziliyadan qanday natija kut­yapsiz?

- Men albatta bosh sovrinni kutaman. Ha mubolag‘asiz, ayni vaqtda bizda kuchli o‘yinchilar bor. Nazarimda, terma jamoamizda bu ijrochilar bilan 6-jahon chempionligini qo‘lga kiritish uchun katta imkoniyat bor.

- Ravshan Ermatovni taniysizmi? U yurtingizda o‘tgan JCH-2014 finalini boshqarishga tayinlangandi, biroq argentinaliklar uni o‘zlari uchun omadsiz hakam deb hisoblashdi va boshqa hakamga berishdi...

- Ha, u zo‘r hakam edi va men Ermatovning assosiasiyada ishlayotganidan xabarim bor. Albatta, bu mutaxassis hakamlar saviyasini kuchaytirish borasida ish olib boradi deb o‘ylayman. Hammasi iziga tushib ketgunicha bir oz sabr qilish kerak. O‘ylaymanki, futbolingizdagi bu muammo o‘z yechimini topadi hamda o‘zbek  hakamlari xalqaro arenalarda oldingidanda ko‘proq e’tirofga sazovor bo‘ladi.

- Mavsum yakunlanganidan keyin O‘zbekistonda amalga oshirishni istagan qanday rejalaringiz bor?

- Hozircha bilmayman. Balki, O‘zbekistonning qaysidir hududiga borarmiz... Bu haqda mavsum tugaganidan ke­yin o‘ylab ko‘ramiz.

Xurshidbek YUSUPOV suhbatlashdi

“InterFUTBOL” nashrining 26 oktyabr kungi payshanba sonidan olindi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:12, 03.11.2022.
O'qildi: 3825 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.