Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Pike maydon bilan xayrlashishi mumkin, ammo futbol bilan emas!

Pike maydon bilan xayrlashishi mumkin, ammo futbol bilan emas!

Baho:
+ | -

Jerar Pike futbolda afsonaga aylanmadi. Ammo "Barselona" uni hech qachon unutmaydi

"Barselona" "Santyago Bernabeu"ga kelgandi o‘shanda va raqib bilan juda erkin harakat qildi. O‘shanda hech kim bu yigitchaga e’tibor qaratmadi. Angliyadan Ispaniyaga qaytgan Jerar Pike futboldagi eng kelajagi porloq yigitlardan biriga aylanishini hech kim tushunmasdi. Keyin hamma shunchaki uning o‘yinidan zavqlandi. Uning uchun yangi davr boshlandi va Pike o‘z ona tilining barcha qoidalariga ko‘ra, ushbu hikoyaning birinchi jumlasiga qo‘sh undov belgisini qo‘ydi.

Ishonchimiz komilki, Pikening faoliyati va hayoti endi qiziqarli bo‘ladi. Endi u xohlagancha gapira oladi. Va har qanday so‘zdan keyin hech kim uni yomon o‘yinda ayblamaydi. Ispaniyada ham endi bir tvit orqali barchani hayratga soladigan inson paydo bo‘ladi, u endi qo‘rqmay gapira oladi. Futboldan Jerar zerikkan holda ketdi degan fikrlar paydo bo‘ldi, bunda asoslar mavjud. U, albatta, bir o‘yinning afsonasi bo‘lmasligi mumkin, ammo abadiy "Barselona" afsonasi bo‘lib qoladi.

Futbol oddiy o‘yin. Himoyachi tarixga o‘z nomini qoldirishi uchun o‘zini to‘plar ostiga tashlab, qonga botgan faoliyatini o‘tkazishi kerak. Yoki kutilmaganda gollar urib, jamoasiga yordam berishi zarur, bundan boshqacha tarzda bir himoyachining dovrug‘ qozonishi qiyin. "Barselona"da esa shunday yigit bor - Karles Puyol. Ispaniyada esa bitta ramz - Serxio Ramos. Pike hech qachon ularga o‘xshashga harakat qilmagan. 

Umuman olganda, Jerarning Ispaniyadagi birinchi yillarini ijobiy o‘tdi deb aytish qiyin. Futbolchining o‘sha paytlardagi muxlislar bilan keskin munosabatlari va Shakira bilan bog‘liq voqealari jamoatchilikka Devid Bekxemning yangi versiyasini eslatib yubordi. Biroq Pike keyinchalik ikkala stereotipni ham yo‘qqa chiqardi, lekin abadiy Tvitter e’tiborida bo‘lib turdi.

U 2015 yilda yana jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Siyosatchi va biznesmen sifatida ko‘zga ko‘rindi. Jerar Rakuten xo‘jayini bilan kechki ovqatda qatnashgan va oxir-oqibat kompaniyani "Barselona"ga titul homiy bo‘lishga sababchilardan biriga aylandi. Kataloniya mustaqilligi haqidagi fuqarolik pozisiyasi tufayli Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganidan ham xabaringiz bor. O‘z o‘yinlari payti to‘g‘ridan-to‘g‘ri tennis musobaqalariga sarmoya kiritgan.

Jerar Pike futbolda hamma turnirda g‘alaba qozondi, ammo Ispaniya MTJ va "Barselona"da xuddi shunday o‘yinchilarni topish qiyin emas. Masalan, Pedro Rodrigesni eslang. Noyob yutuqlari orqali bir kalendar yilidagi barcha musobaqalarda g‘olib chiqqan, jumladan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida gol urgan futbolchi edi. Biroq hozir ko‘pchilik uning futbol o‘ynayotganini eslamaydi ham.

Pikening futboldan tashqaridagi hayoti har doim yorqin bo‘lgan. Yoshligidan, u "Manchester Yunayted"da Patris Evraning krossovkalarini yoqib yuborganini eslasangiz kerak. Neymarni ijtimoiy tarmoqlar orqali manipulyasiya qilishga uringan. Keyin esa Grizmanni sobiq klubiga o‘tish qarorini buzish orqali pul ishlab olgan. "Barselona"ning klub sifatidagi zamonaviy tarixida Pike alohida o‘rin tutadi. Uning maydondan tashqari faoliyati haqida kitob yozishingiz mumkin. El-klasikolarda gol nishonlashdan tortib, kameraga ishora qilishigacha qiziq jarayonlardir. 

Pike o‘z faoliyatini qanday o‘tkazgan bo‘lsa, xuddi shunday tarzda yakunlamoqda: o‘zidan boshqa hamma uchun kutilmagan holda. Uning, albatta, bu borada rejasi bor va bu qarorning har bir tafsiloti hali to‘liq oshkor etiladi. 

Ba’zi futbolchilar uchun karyerasining tugashi ko‘pincha uning unutilib ketishi bilan tugaydi. Pikeni esa biz doimo kuzatib boramiz va muhokama qilamiz. Aytishlaricha, u "Barselona"dan klub oldidagi 52 million yevrolik qarzidan voz kechgan. Ammo bu holatda "kechish" so‘zi unchalik to‘g‘ri emas. Ko‘rinishidan, Pike "Kamp Nou"ga klub prezidenti sifatida qaytishni rejalashtirmoqda va 52 million yevro klubga katta foydali sarmoya bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 23:02, 04.11.2022.
O'qildi: 2226 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.