Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay 1-4 Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

Ronalduning jamoadoshlari u haqida nima deydi?

Ronalduning jamoadoshlari u haqida nima deydi?

Baho:
+ | -

"MYU" afsonasiga aylanib ulgurgan Krishtianu Ronaldu, o‘z butsasini devorga ilganida tarixning eng katta shaxsi sifatida eslanadi. 37 yoshli futbolchi ayni damda og‘ir paytlarni boshidan o‘tkazmoqda. Shu sababli Erik ten Xagning asosiy tarkibiga doim ham kira olmayapti. Hamma u haqida har xil gapiradi. Biz esa bugun uning jamoadoshlari fikri bilan qiziqdik.


David De Xea

Ispan darvozaboni Ronaldu o‘zining 700 golini urganida shunday degandi: "Ha, u oldin hech qachon hozirga holatga tushmagan. Ammo Ronaldu har kuni borini berib mashg‘ulotlarda ishlaydi. U jamoa uchun hamma narsa qilishga tayyor. Men u kabi buyuk futbolchi bilan bir jamoada ekanimdan xursandman. Murakkab davrlar esa ortda qoladi".

Xarri Maguayr

Ingliz himoyachisi "Sky Sports" kanaliga shunday deydi: "Krishtianu - fantastik futbolchi. Men u haqida nimalar deyishayotganidan xabardorman. Ronaldu tanqidlarni qabul qilishni biladi. Futbolda tanqidlar ham, maqtovlar ham bo‘ladi. Bu normal holat. Ronaldu "MYU"ning qanday klub ekanini yaxshi anglaydi. O‘ylaymanki, uning natijalari tez orada yaxshilanadi".

Kazemiro

"Real"ning sobiq yulduzi ESPN nashrining Braziliya xizmatiga shunday deydi: "Biz Ronaldu haqida gapirayotganimizda tarixning eng yaxshilaridan biri bo‘lgan shaxsga tanqid yoki maqtov yog‘dirayotganimizni anglashimiz kerak. Mening unga hurmatim cheksiz. Umid qilamanki, u jamoamizning bir bo‘lagi bo‘lib qoladi. Ronalduning nimalarga qodirligini bilganim uchun undan ko‘p narsa kutaman. U jamoa uchun muhim figura va liderdir. Mening Angliyadagi kunlarim Ronalduning yordamisiz o‘tmaydi".

Antoni

"Jamoaga moslashib olishimda Ronalduning xizmatlari beqiyosdir. U bilan ko‘p gaplashamiz. Krishtianu menga o‘zimga ishonishim kerakligini ko‘p uqtiradi. Uning futbolda erishgan yutuqlari menga ilhom beradi. Har kuni undan nimadir o‘rganaman. Men u bilan bir jamoada ekanimdan bag‘oyatda shodman. Ronalduning ruhiyati o‘ta baquvvat. Bu esa biz uchun o‘rnakdir".


Diyegu Dalot

Dalot "Sky Sports" kanaliga shunday deydi: "Ronalduning borligi bizni kuchliroq bo‘lishga undaydi. Bugun u "Sheriff"ga qarshi gol urdi. Ronaldu bu ishni so‘nggi 20 yildan beri qilib kelmoqda. Bu shunchaki daxshat! Ha, futbolda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Lekin ayrim narsalarni ichkarida qolgani yaxshi. Biz bir jamoamiz va men uchun shu narsa muhim. Ronaldu – istalgan futbolchi uchun katta ibrat maktabi".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 08:19, 05.11.2022.
O'qildi: 6147 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.