Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Trent tanqidchilariga javob qaytardi

Trent tanqidchilariga javob qaytardi

Baho:
+ | -

"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold o‘ziga bildirilgan tanqidlar haqida gapirdi. U o‘zini yomon ko‘radiganlarga javob qaytardi.

“Men o‘zimni va xarakterimni bilaman, ayniqsa meni tanqid qilishlariga munosabatim jiddiy. Mening o‘yinimni yoqtirmaydiganlarni tushunaman va men nafratga o‘rganib qolganman.

Odamlar ko‘p gapiradi, o‘z fikrini bildiradi, lekin bu shunchaki gapirish xolos. Bu ularning hayoti va ular bunga haqli.

Men har doim tanqidni harakatga undash sifatida qabul qilaman, lekin ayni paytda vaziyatni to‘g‘irlash uchun nima qilish kerakligini bilaman.

Odamlar ba’zi narsalarni tushunishmaydi, masalan, hamma narsa yaxshi ketayotganida, hech kim o‘yinning ba’zi nyuanslariga, masalan, himoyada o‘ynashingizga e’tibor bermaydi. Aslida men himoyachiman, biroq mendan ko‘p narsa kutib yuborishadi. Biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, tanqidchilar darhol qanday o‘ynash kerakligi haqida maslahat berishni boshlaydilar", - deydi Trent.

Kiritildi: 13:35, 06.11.2022.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.