Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Kevin de Bryuyne bo‘lajak xotini — Mishel xonim bilan qanday tanishgandi?

Kevin de Bryuyne bo‘lajak xotini — Mishel xonim bilan qanday tanishgandi?

Baho:
+ | -

Mishel Lakrua - Kevin de Bryuynening turmush o‘rtog‘i. U futbolchi bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan. Eng qizig‘i, Kevin bunda belgiya­lik do‘sti yordamiga tayangan.

Chunki Mishelga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi xabar jo‘natishdan uyalgan. Taqdir ekan, ikkisi keyinchalik yaqindan tanishib, turmush qurdi. Endi Mishel xonim baxtli oila bekasi, Kevin baxtiyor ota... «Oltin to‘p»-2022 taqdimot marosimida Kevin de Bryuynega aynan maftunkor rafiqasi va ikki yoqimtoy farzandi hamrohlik qilishdi. Sports.ru sayti shu bahona belgiya­lik yarim himoyachi hamxonasi bilan yaqinroq tanishtirishni lozim topdi.

1993 yilning 8 dekabr kuni Genk shahrida tug‘ilgan Mishel xonim bolaligida yengil atletika bilan shug‘ullangan, 19 yoshida esa «Nubi» filmida rol o‘ynagan, keyinchalik reklama agentligida faoliyat yuritgan. Kevin bilan esa 2013 yili tanishgan. O‘sha vaqt belgiyalik yarim himoyachining Karolina Liynendan shov-shuvli tarzda voz kechganiga endi bir necha oy bo‘lgandi. Ma’lumot uchun, de Bryuynening qallig‘i Belgiya milliy jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua oldiga ketib qolgandi.

«Manchester Siti» yetakchisining o‘zi Mishel bilan tanishuvini juda chiroyli tarz­da bayon etgan: «Hammasi oddiy «tvit»dan boshlandi. Endigina Bremenning «Verder» klubida o‘ynay boshlagandim, lekin «Tvit­ter»da bir necha ming obunachim bor edi. Xullas, kunlardan birida sahifaga nimadir yozdim, adashmasam, o‘yinga bog‘liq qandaydir izoh edi. Qarasam, go‘zal qiz «tvit»­ga layk bosibdi. Buni payqagan do‘stim kulib qo‘ydi: «O, naqadar chiroyli. Unga albatta, javob yozishing kerak!» Biroq iymandim, yozishni xohlamadim: «Yo‘q, yo‘q, qizlar meni yoqtirmaydilar, ular tabiatimni tushunmaydilar. Aniq, bunisi ham javob bermaydi». Shunda do‘stim qo‘limdan telefonimni shartta tortib oldi va xabar yoza boshladi. Keyin nima yozganini ko‘rsatdi: «Qara, buni yuborsam bo‘ladimi?» Adashmasam, o‘sha vaqt polda o‘tirgandim va qaramay turib, javob berdim: «Mayli». Keyin ma’lum bo‘ldiki, bo‘lajak turmush o‘rtog‘imga xat jo‘natishga botinolmagan ekanman. Xullas, do‘stimning Mishelga mening nomimdan yozgan xabari tufayli keyinchalik asta-sekin yaqinroq tanishdik va turmush ham qurdik. To‘g‘risi, hozir usiz nima qilardim, buni tasavvurimga ham sig‘dirolmayman».

2016 yili er-xotinning to‘ng‘ich farzandi - Meyson tug‘ildi. 2018 yilga kelib, de Bryuynelar oilasi yana bir o‘g‘il hisobiga boyidi - Roum. 2020 yilning sentyabrida esa Kevin va Mishel qizchali bo‘lishdi - Suri. Aytgancha, yulduz juftlikning to‘y marosimi 2017 yilning iyun oyida bo‘ldi. Suratlarga qarasangiz, ayniqsa, Meyson va Roumning Kevin «nusxa»si ekanliklarini darhol payqaysiz.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:37, 06.11.2022.
O'qildi: 7426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.