Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Klopp jamoasi mavsumdagi qora an’anaga chek qo‘ydi

Klopp jamoasi mavsumdagi qora an’anaga chek qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Liverpul" nihoyat mehmonda g‘alaba qozona oldi. APLning joriy mavsumida Klopp shogirdlari mehmonda bor-yo‘g‘i 2 ochko to‘plashdi ("Fulxem" va “Everton” bilan durang). 15-turda "Liverpul" Londonga kelib, turnir jadvalida olti pog‘ona yuqoriroqda joylashgan "Tottenxem" bilan uchrashdi.

Poytaxt jamoasida hujumda katta muammolar borligini hisobga olish kerak. Konte jarohatlari tufayli Son, Kulusevskiy va Richarlisonni asosiy tarkibga kiritmadi. Natijada Perishich oldinga chiqdi. To‘g‘ri, "Tottenxem"ning himoyasi hujumdan unchalik yaxshi ko‘rinmasdi.

11-daqiqada "Tottenxem"ning 6 nafar futbolchisi o‘z jarima maydonchasida edi, biroq ularning hech biri eng xavfli raqib Salohni, qo‘riqlay olmadi. Misrlik to‘pni egallab olishga muvaffaq bo‘ldi va chap oyog‘i bilan zarba berib, Lyorisga imkoniyat qoldirmadi, u hatto sakramadi.

“Tottenxem” himoyasidagi xatolar shu bilan tugamadi. Taym oxirlarida Dayer “o‘zini ko‘rsatdi”, u xotirjam vaziyatda to‘pni yana o‘sha Salohga oldirib qo‘ydi. U esa hech qanday muammosiz yakkama-yakka chiqishni amalga oshirdi.

Agar birinchi bo‘lim "Liverpul" ustunlik qilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim mezbonlar uchun ataldi. "Tottenxem" raqib futbolchilarini jarima maydonchasiga “qamab” qo‘ydi. Va o‘yinga ikkincgi taymda qo‘shilgan Kulusevskiy birinchi hujumdayoq Keynga golli uzatma berdi.

"Tottenxem" an’anaga ko‘ra burchak to‘plaridan ko‘p narsa yaratdi, ammo Dayer va Langlening zarbalaridan so‘ng to‘p darvozaga borib tushmadi. So‘nggi daqiqalarda londonliklar zich joylashgan "Liverpul" himoyasiga qarshi kurashib, to‘pni olib qo‘yishdi. Mehmonlar ozchilikda o‘ynagandek tuyuldi. Futbol birinchi bo‘limga nisbatan ancha o‘zgardi.

Qanday bo‘lmasin, "Liverpul" sabr qilib 1:2 natijasini saqlab qoldi. Ushbu chempionatdagi safardagi birinchi g‘alaba qo‘lga kiritildi. Kim biladi deysiz, balki mavsum oxirida ushbu uch ochko kuchli 4talikka kirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lar.

Kiritildi: 00:26, 07.11.2022.
O'qildi: 2399 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.