Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

Chempionlikka kurashayotgan jamoalar «Nasaf» raqiblarini rag‘batlantirib turishdimi? Ro‘ziqul Berdiyev javob berdi

Chempionlikka kurashayotgan jamoalar «Nasaf» raqiblarini rag‘batlantirib turishdimi? Ro‘ziqul Berdiyev javob berdi

Baho:
+ | -

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston superligasining 25-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Neftchi"ga qarshi o‘yin (0:1) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin biz kutgandek bo‘lmadi. Natija qoniqarsiz. "Neftchi" himoyaga yaxshi e’tibor qaratdi va bizga deyarli imkoniyat bermadi. Raqib har ikki bo‘limda darvozamiz tomon bir martadan hujum uyushtirdi va ularning har biri xavfli bo‘ldi. Ularning birida qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik. Bu juda ham og‘ir, ammo biz avvalgi o‘yinlarda ham ko‘p ochko yo‘qotganimiz jadvalga ta’sir qildi.

Lekin yana bitta bahsimiz bor. Unda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bugungi uchrashuvdan keyin chempionlik uchun imkoniyatimiz pasayib ketdi. Ozgina imkoniyat bo‘lsa, oxirigacha kurashamiz. Umuman oladigan bo‘lsak, masum biz uchun yomon o‘tmadi.

O‘zi Kubok finalidan keyin yigitlardagi jismoniy va ruhiy tayyorgarlik me’yorida emasdi shekilli, shu sababga ko‘ra bugun mag‘lubiyatga uchradik.

Jurnalistlar "Nasaf"ning uydagi o‘yinlariga ko‘proq e’tibor beryaptiyu, ammo safarda uchrashuvlarimizni unutib qo‘yishyapti. Joriy mavsumdagi safardagi o‘yinlarda eng yaxshi natijamizni qayd etdik. Uyda esa bizga qarshi o‘ynagan jamoalar ko‘pchilik bo‘lib himoyada harakat qilishayotgani uchun gol urish qiyin kechyapti. Ayni paytda safimizda individual mahorat evaziga o‘yin taqdirini hal qiladigan o‘yinchilar yo‘q. Shuning uchun doimo qiynalib kelyapmiz. Bu narsa bugun ham ko‘rindi.

Bugun hakamlar tufayli emas, o‘zimiz vaziyat yaratishda muammolarga duch keldik. Shunga qaramay, yigitlarga e’tirozim yo‘q. Ular g‘alaba qozonishga intilishdi. Tavakkal qilib oldinga tashlanganimiz tufayli qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik.

"Nasaf"ga qarshi o‘ynagan raqiblar rag‘batlantirib turilibdimi? Kim kimga qancha motivasiya berganini bilmaymiz, ammo buni biz ham uzoqdan eshityapmiz. O‘ylashimcha, buning yomon jihati yo‘q. Shuning uchun ham raqiblar bizga qarshi ikki karra ko‘proq kuch va motivasiya bilan o‘ynayapti. Bu narsa balki bordir. Buni aniq bilmaganim uchun batafsil fikr bildira olmayman", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:56, 07.11.2022.
O'qildi: 16544 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.