Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona - Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 4-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 3-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

Chempionlar ligasi guruh bosqichida porlagan yosh iste’dodlar

Chempionlar ligasi guruh bosqichida porlagan yosh iste’dodlar

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasining har bir mavsumi, ajoyib futbol va ko‘plab gollardan tashqari, bizga yangi iste’dodlarni ham beradi, har safar yangi futbolchilar haqida bilib olamiz. Bu mavsum ham bundan mustasno emas, ayniqsa kamtaronaroq klublarning kuchli o‘yinlari fonida. Ularning eng yorqinlarini hozirdanoq bilib olishingiz kerak. Ular bilan tanishishga tayyormisiz?

Antoniu Silva - Ruben Diashning izdoshi

Ilgari "Benfika" yoshlarning asosiy tarkibdagi debyutlarida muammolarga duch kelgan - ular munosib ravishda kechiktirilgan. Ammo Rojer Shmidtning kelishi bilan muammo barham topdi va Antonio Silva bunga jiddiy dalil bo‘ldi: 18 yoshli markaziy himoyachi maydonga bor-yo‘g‘i ikki oy muqaddam tushdi, garchi u ilgari hatto zaxirada ham barqaror o‘ynamagandi. Lekin u murabbiy ishonchini oqladi va tarkibda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.

Antoniuning kumiri - "Man Siti"ning markaziy himoyachisi va "Benfika" tarbiyalanuvchisi Ruben Diash. U ko‘p jihatdan unga o‘xshaydi: texnikasi ham, kuchi ham bor, tezlasha oladi, pozisiyasini yaxshi tanlaydi. U hatto 66-raqam ostida o‘ynaydi - Lissabonda Ruben ham xuddi shunday raqamga ega edi! Qizig‘i shundaki, matbuot Silvani Diashning asosiy raqibi "Manchester Yunayted"ga o‘tadi, deb tahmin qilmoqda.

Ushbu mavsumda "Benfika" uchun Chempionlar ligasida Antonio barcha oltita o‘yinni o‘tkazdi, "Yuventus" darvozasiga gol urdi, o‘yinda eng yaxshilardan biriga aylandi. Bor-yo‘g‘i uchta qoidabuzarlik qildi va bitta ham kartochka olmadi. Milliy chempionatda u sentyabr oyining eng yaxshi himoyachisiga aylandi, shuningdek, "Golden Boy" uchun eng yaxshi 20ta nomzod qatoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Mixail Mudrik - "Shaxtyor" yetakchisi va ingliz top-klublarining transfer maqsadi

Jurnalistlar 21 yoshli ukrainalik futbolchini yozdan beri “Brentford” yoki “Bayer”ga o‘tadi tahmin qilishdi. Ammo keyin Mixailning o‘zi “Brentford” kabi klubga o‘tmasligini, ular hatto Yevropa musobaqalarida ham o‘ynamasligini aytdi.

Ehtimol, o‘shanda u nimanidir bilgandir, chunki Chempionlar ligasining ushbu mavsumida Mudrik to‘liq porladi: uchta gol, ikkita golli uzatma, 36,6 km/soat tezlikda yugurdi (guruh bosqichidagi eng yaxshi ko‘rsatkich). Uning hisobida 26 ta dribling bor - deyarli
Neymar (27) kabi.

Endi vingerga jiddiyroq klublar qiziqish bildira boshladi: "Arsenal", "Liverpul" va "Nyukasl". Matbuot xabarlariga ko‘ra, ular ko‘p ehtimol bilan futbolchini qishda o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishadi.

Straxinya Pavlovich - serb terminatori "Zalsburg"

Pavlovich klassik himoyachi. Uning bo‘yi 194 sm, barcha yakka vaziyatlarda g‘alaba qozonadi va undan deyarli o‘tib bo‘lmaydi. U o‘zini raqibga tashlashni yaxshi ko‘radi. Ba’zan, albatta, u o‘z pozisiyasini yo‘qotishi mumkin. U asta-sekin tezlashadi, lekin ayni paytda u 32-34 km/soat tezlikda yugura oladi, bunday gavdali futbolchi yaxshi ko‘rsatkich.

"Partizan" tarbiyalanuvchisi. "Zalsburg" kuchli himoyachiga muhtoj edi va yozda bu pozisiya uchun bir qancha xaridlarni amalga oshirdi. 21 yoshli serbiyalik futbolchi xaridlardan biri bo‘lib, markaziy himoyachi "Monako"dan 7 million yevro evaziga olingan.
Straxinya osonlik bilan jamoa moslashdi va himoyaning asosiy figurasiga aylandi. Agar u shunday o‘ynashda davom etsa, top-klublarning qiziqishi hechgap emas.

Jeremi Frimpong – "Bayer"ning kashfiyoti

O‘zining driblinggi bilan bir necha bor uchrashuvlar natijasini hal qilgan niderlandiyalik lateral. Masalan u, “Atletiko” bilan o‘yinda zaxiradan maydonga tushganida, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va o‘yinni o‘zgartirdi. U to‘pni yaxshi nazorat qiladi. Jeremi top-5 ligalarda dribling bo‘yicha eng yaxshi himoyachilardan biri.

"Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi, 21 yosh. U bir yildan ko‘proq vaqt davomida "Bayer"da o‘ynamoqda, ammo bu mavsumda unga ko‘proq hujum qilishga imkon berishni boshlaganda, to‘liq rolga ega bo‘ldi. Unga "Barselona", "Yuventus" va "Manchester Yunayted" allaqachon qiziqish bildirmoqda.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 09:16, 08.11.2022.
O'qildi: 5457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.