Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Boks. Yarim finalda 3ta derbi bor

Boks. Yarim finalda 3ta derbi bor

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Iordaniyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida barcha vazn toifalarida yarim finalchilar aniq bo‘ldi. Bu bosqichga yetib kelgan sportchilar o‘z uylariga albatta medal bilan qaytishadi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining 10 a’zosi, ayollar jamoasidan esa uch bokschi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatimiz qit’ada ikkinchi natija qayd etishdi. Qo‘shni Qozog‘istonning 21 nafar a’zosi (12 erkak va 9 ayol) yarim finalga yetib kelishdi. Hindistonning 12, Mongoliyaning 10 nafar bokschisi medalga sazovor bo‘ladi.

Yarim finalda 3 nafar yurtdoshimizga qozog‘istonlik bokschi raqib bo‘ladi. 54 kg. vaznda Shahzod Muzaffarov Mahmud Sabirxan bilan, 67 kg.da Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev Dulat Bekbauov bilan, shuningdek, Farzona Fozilova 48 kilo vaznda Alua Balkibekova bilan to‘qnash keladi. Shuningdek, Mongoliya va Hindistonning 3 nafardan a’zolari final yo‘llanmasi uchun kurashda sportchilarimizga raqiblik qilishadi.

O‘zbekistonlik bokschilarning yarim finaldagi raqiblari bilan tanishing.

Erkaklar
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Xarxuu Enxmandax (Mongoliya)
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston)
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Gantumur Lundaa (Mongoliya)
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov - Bayarxuu Buyandalay (Mongoliya)
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Chu En Lay (Xitoy Taypeyi)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Dulat Bekbauov (Qozog‘iston)
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov - Sumit (Hindiston)
-80 kg: Odiljon Aslonov - Omurbek Bekjigit o‘g‘li (Qirg‘iziston)
-90 kg: Madiyar Saidrahimov - Ahmad Sulaymon at-Temat (Iordaniya)
+91 kg: Lazizbek Mullojonov - Narender (Hindiston)

Ayollar
48 kg. Farzona Fozilova - Alua Balkibekova (Qozog‘iston)
66 kg. Navbahor Hamidova - Ankushita Boro (Hindiston)
75 kg. Sohiba Ro‘zmetova - Xergiye Basiyadan (Filippin)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:41, 08.11.2022.
O'qildi: 5377 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.