Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Guti Benzema haqida: "Men uni tushunmayapman"

Guti Benzema haqida: "Men uni tushunmayapman"

Baho:
+ | -

Guti "Real"da maydonga tushmayotgan Karim Benzemadan norozi.

34 yoshli hujumchi Madrid klubining chempionat doirasidagi 13 o‘yinidan 6 tasini o‘tkazib yuborgan. Kecha "Real" La Liganing 13-turi doirasida "Rayo Valyekano"ga imkoniyatni boy berib (2:3) turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘ldan chiqardi. Hozir “Barselona” birinchi o‘rinda.

“Men uni tushunmayapman. Messi "PSJ"da, Levandovski esa "Barselona"da boshqa ko‘plab futbolchilar kabi o‘ynayapti. Jahon chempionati oldidan jarohat olish xavfi borligini tan olishimiz kerak. Lekin siz klubingizni tushkunlikka tushira olmaysiz.

Albatta, hech kim jahon chempionatini o‘tkazib yuborishni istamaydi, lekin klubni birinchi o‘ringa qo‘yish kerak", - deydi "Real"ning sobiq futbolchisi El Chiringuito telekanalida.

Bundan tashqari, Guti "Real"da Benzemaning o‘rnini bosa oladigan hujumchi yo‘qligidan noroziligini bildirdi.

“Bunday narsa yuz berishi mumkinligini hamma biladi. Men tushunmayapman, nega "Real" kabi klubning boshqa hujumchisi yo‘q", - deydi Guti.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda “Real” safida 12 o‘yinda 6 ta gol urdi.

Kiritildi: 14:25, 08.11.2022.
O'qildi: 2798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик