Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Liverpul"ning narxi qancha?

"Liverpul"ning narxi qancha?

Baho:
+ | -

Fenway Sports Group rahbari va "Liverpul" xo‘jayini Jon Anri klubni qaysi summaga sotishga tayyorligini aytdi, deb xabar beradi Mirror.

Qayd etilishicha, amerikalik 4,6 milliard yevro evaziga jamoa bilan xayrlashishga tayyor. Ma’lum qilinishicha, xo‘jayinlar allaqachon “Liverpul”ni sotib olish bo‘yicha birinchi taklifni olgan. Potensial xaridor kim ekanligi noma’lum. Mumkin bo‘lgan yangi egalar orasida RedBird Capital Partners kompaniyasi, Yaqin Sharqdan manfaatdor tomonlar va ingliz tadbirkori Jim Retkliff bor.

Jon Anri "Liverpul"ni 2010 yilda sotib olgan. Uning boshqaruvi davrida klub Chempionlar Ligasi (2019), Angliya Premyer-ligasi (2020), UYEFA Superkubogi (2019), Angliya Kubogi (2022), Angliya Superkubogi (2022), Angliya Ligasi kubogi sohibi bo‘lgan.

Kiritildi: 21:37, 08.11.2022.
O'qildi: 2616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик