Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Gennadiy Kochnev: «Bizga ochkolar juda ham zarur»

Gennadiy Kochnev: «Bizga ochkolar juda ham zarur»

Baho:
+ | -

Pro Liga 26-tur «Sho‘rtan» - «G‘ijduvon» (1:1) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

— Rostini aytsam, biz G‘uzorga ochkolar uchun kelgandik. Bizga ochko juda ham zarur. Men yigitlarning oxirigacha kurashganlari uchun ulardan minnatdorman. Qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik va birinchi bo‘lib darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Lekin shunga qaramasdan hisobni tenglashtirishga erishdik. Bizda hali kurash davom etadi. Jamoam ko‘rsatgan o‘yindan xursandman. Ishlashda davom etamiz. Bizni oldinda yana 2 tur kutib turibdi.

— Jamoalar joriy mavsumda 4 marta ro‘baro‘ kelishdi va bularning birida «Sho‘rtan» g‘alaba qozongan bo‘lsa, qolgan uchtasida durang natija qayd etildi. Bu haqida nima deya olasiz?

— «Sho‘rtan» jamoasini juda ham hurmat qilaman. Bu klub menga yoqadi. Bizning beshligimizdagi eng kuchli jamoa deb bilaman. Jamoa asosan yoshlardan tashkil topgan. Bizga qarshi chiqqan raqiblar orasida «Sho‘rtan»ga qarshi o‘ynash biz uchun qiyin bo‘ldi. Bugun ham birinchi bo‘limning 35 daqiqasini juda og‘ir o‘tkazdik. «Sho‘rtan» jamoasi matbuot xizmatidagi qizlar ham futbolni juda ham yaxshi tushunishar ekan va siz bu borda birinchisi emassiz.

— Siz oldin ham «Sho‘rtan» klubida faoliyat olib borgansiz. Klubning oldingi va hozirgi holatida farq bormi?

— Men 2017 yilda bu klubda ishlaganman. U paytda jamoa Oliy liga ishtirokchisi edi. Hozir jamoa Pro Liga musobaqasida ishtirok etmoqda. Tarkib asosan yoshlardan tashkil topgan. Biz o‘sha mavsumda sport qonun qoidalariga ko‘ra vazifani bajarib, jamoani elitada saqlab qolgandik. Keyingi mavsumda reglamentdagi o‘zgarishlar sababli jamoa quyi ligaga tushirib yuborilgandi. Ammo bu jamoa menga yoqadi. Bu klubda futbol uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

"Sho‘rtan" PFK matbuot xizmati

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 23:02, 10.11.2022.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.