Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Hakim Fuzaylov: «Futbolchilar bugun maydonning bir qarichi uchun kurashganlari maqtovga sazovor»

Hakim Fuzaylov: «Futbolchilar bugun maydonning bir qarichi uchun kurashganlari maqtovga sazovor»

Baho:
+ | -

"Buxoro" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov Pro liganing 24-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon"ga qarshi o‘yin (3:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz "Andijon" qanday futbol o‘ynashini va ularni Superliga yo‘llanmasi yo‘lidagi vazifalarini bajarib bo‘lganliklarini ham tushunib turgan edik. Lekin biz hali o‘z vazifamizni bajarib bo‘lganimiz yo‘q. Shu sababli yigitlarga bo‘shashmaslikni, pastdan qisqa uzatmalar orqali, o‘zimiz ko‘nikkan o‘yinimizni namoyish etishni so‘radim. Hammasi biz aytganday bo‘ldi desam adashmayman. Raqibimizda bo‘yi baland futbolchilar ko‘pligi uchun asosan yuqoridan va standartlardan unumli foydalananishadi. Jamoa shunga moslashgan va biz taxmin qilgandek harakat qilishdi. Qisqasi bugun bizning kunimiz edi. Jamoam borini berib, juda ham zarur bo‘lgan 3 ochkoga ega bo‘ldi. Lekin hali kurash tugamadi, biz o‘z yo‘limizda davom etamiz. Bugungi o‘yin uchun barcha futbolchilarimga katta rahmat, maydonning har bir qarichi uchun kurashganlari uchun ular maqtovga sazovor. Bizning sevimli muxlislarimizga ham katta rahmat», — dedi Hakim Fuzaylov.

"Buxoro" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 23:15, 10.11.2022.
O'qildi: 1911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.