Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya 1-1 Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya 3-2 Iroq
15/10 17:00 Xitoy 2-1 Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston 0-0 BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston 1-0 KXDR
15/10 21:00 Eron - Qatar
15/10 21:00 Iordaniya - Ummon
15/10 21:00 Falastin - Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Bahrayn
16/10 01:30 Kolumbiya - Chili
16/10 04:00 Paragvay - Venesuela
16/10 04:30 Urugvay - Ekvador
16/10 05:00 Argentina - Boliviya
16/10 05:45 Braziliya - Peru

Pike faoliyatini yakunlaganining 4 sababi ma’lum bo‘ldi

Pike faoliyatini yakunlaganining 4 sababi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Barcha muhim qarorlar o‘z vaqtida qabul qilinishi kerak. Jerar Pike faoliyatini mavsumning birinchi yarmida yakunlashi kerak degan qarorga keldi. Bir tomondan, 35 yoshli markaziy himoyachining qarori kutilmagan bo‘ldi, garchi u nafaqaga chiqish uchun mos yoshda bo‘lsa ham. Bir vaqtning o‘zida bir nechta omillar ispaniyalikning butsasini mixga ilish qaroriga olib keldi.

O‘yin vaqtining ozligi

“Albatta, yoshim ulg‘ayyapti va avvalgidek muhim emasligimni ko‘rganimda, ketaman. Faoliyatimni "Barsa"da yakunlayman. Bu aniq. Men zaxira futbolchisi sifatidagi faoliyatim tugashini qabul qila olmayman. Yo‘q, bu men uchun emas".

Bu Pikening 2021 yil oktyabr oyidagi so‘zlari. 13 oy o‘tgach, u nafaqaga chiqdi. Jerar ikkala va’dasini ham bajardi: u boshqa klubga o‘tmadi va murabbiy unga ishonishmayotganini ko‘rgan zahoti ketdi. Bu mavsumda u "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes uchun Ronald Arauxo, Erik Garsiya, Jyul Kunde va Andreas Kristensendan keyin faqat beshinchi variant bo‘ldi.

Xavi Pikening faoliyatini yakunlashiga katta hissa qo‘shganini tan oldi. Jerar kam o‘ynadi va ko‘pincha hatto o‘z muxlislari tomonidan ham tanqid qilindi. Ispaniyalik futbolchi vaziyat yomonlashib borayotganini ko‘rdi va uning ketishi, ehtimol, shu sharoitda eng yaxshi qaror bo‘lishini tushundi. Har bir yuqori darajadagi futbolchi rotasiya o‘yinchisi rolini qabul qilmaydi.

“Barselona”ning moliyaviy holati

Mish-mishlarga ko‘ra, Pike undan qutulmoqchi bo‘lgan Kataloniya klubi rahbariyati a’zolari bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagan. Qolaversa, OAVda ispaniyalikga bosim kuchaygan.

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Pike "Barselona"ga katta yordam berdi. Hech kimga sir emaski, kataloniyaliklar o‘tgan yozda tarkibni jiddiy ravishda kuchaytira olgan bo‘lsa-da, og‘ir moliyaviy ahvolda qolmoqda. Jerar avvalroq maoshni kamaytirishga rozi bo‘lib, "Barselona"ga yordam bergan edi, ammo bu safar u klubga katta xayrixohlik qildi.

Pike Lionel Messi ketganidan keyin jamoada eng ko‘p maosh oladigan futbolchi bo‘ldi. Futbolchining o‘zi 2024 yilning iyunigacha hisoblangan shartnomani bekor qilishga qaror qilgani uchun klub unga qolgan maoshi kabi tovon to‘lamaydi. Ispan nashrlarining yozishicha, Jerarning faoliyatini yakunlash qarori “Barselona”ga 40 million yevroni tejashga yordam bergan.

Oilaviy muammolari

Yozda Pike va Shakira 12 yillik nikohdan so‘ng ajrashgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu qarorning tashabbuskori xonanda edi. OAV xabarlariga ko‘ra, er-xotinning ajralishiga sabab futbolchining xiyonati bo‘lgan. Pike va Shakira munosabatlarni qonuniylashtirmagan, shuning uchun ajrashish jarayoni bo‘lmaydi.

Er-xotinning ikki farzandi bor, ular hozirda ko‘proq onasi bilan yashaydi. Har qanday vaqtda bolalarni ko‘ra olmaslik Jerarga yaxshi ta’sir qilmagan bo‘lishi mumkin. Pike va Shakira oilaviy muammolarni ommaga oshkor qilmaslikka harakat qilishdi, lekin ular bolalar tufayli sudga murojaat qilishlari mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Mish-mishlarga ko‘ra, qo‘shiqchi AQSHga jo‘nab ketmoqchi va vasiylikni olgach o‘g‘illarini o‘zi bilan olib ketmoqchi.

Ispaniyalik futbolchining fikricha, bolalar u bilan Barselonada yaxshiroq yashashadi. Tomonlar haligacha kelishuvga erisha olishmadi.

Biznes

Pikeni katta futbolni tark etishiga yana bir sabab bor - bu katta biznes. Jerarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uzoq vaqtdan beri ma’lum. Biri ikkinchisiga xalaqit bermadi, Ispaniya yangi sport qonunini qabul qilmaguncha, unga ko‘ra, sportchi o‘zi vakillik qiladigan sport federasiyalari bilan tijoriy aloqada bo‘lishi taqiqlanadi.

Pike Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) prezidenti Luis Rubiales bilan yaxshi tanish. Bundan tashqari, ular biznes aloqalari bilan bog‘liq. Ispaniya matbuoti Pike o‘zining Kosmos kompaniyasi orqali Rubialesga Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogi o‘yinlarini o‘tkazish uchun olti yillik shartnoma imzolashda yordam berganini bilib oldi. Buning uchun RFEF har bir o‘tkazilgan turnir uchun 40 million yevro, Kosmos esa 4 million yevro olishi kerak.

Pike faoliayati davomi hamma sovrinlarni qo‘lga kiritdi: chempionlik, Ispaniya kubogi va superkubogi, Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Bundan tashqari, Jerar Ispaniya bilan Yevropa chempionati va jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Ispaniyada ertami-kechmi Pikening "Barselona" prezidenti bo‘lishiga ishonishadi va Jerarning o‘zi biroz vaqtdan keyin Kataloniya klubiga qaytishini aytdi. “Ko‘k-anorranglilar” tarbiyalanuvchisi tug‘ilgan klubi bilan xayrlashmadi. Uning o‘zi bu holatni faqat vaqtinchalik ajralish, deya atadi.

Kiritildi: 14:57, 12.11.2022.
O'qildi: 7135 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.