"Arsenal" va Shveysariya terma jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka jarohati tufayli jahon chempionatini o‘tkazib yuborish xavfi ostida.
Futbolchi APL 16-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga (2:0) qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat olgan va o‘yinning 16-daqiqasidayoq almashtirilgandi. 30 yoshli Jaka joriy mavsumda “kanonirlar” safida 20 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning guruh bosqichida Shveysariya terma jamoasi Braziliya, Serbiya va Kamerun terma jamoalari bilan kuch sinashadi.