Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Luis Felipe Skolari murabbiylik faoliyatini yakunladi

Luis Felipe Skolari murabbiylik faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

Braziliya va Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. 2022 yilning may oyida 74 yoshli mutaxassis “Atletiko Paranaense”ni boshqargan edi.

“Men bosh murabbiy sifatida faoliyatini yakunlayman. Paulo Turra klubning yangi murabbiyi bo‘ladi, men esa "Atletiko Paranaense"ning texnik direktori bo‘laman. Bu mening hayotim edi. O‘ylaymanki, men bu bobni munosib yakunlayapman. Men futbolda juda ko‘p his-tuyg‘ularni boshdan kechirdim", - deya Skolaridan iqtibos keltiradi Globo Esporte.

Skolari murabbiylik faoliyati davomida Braziliya va Portugaliya terma jamoalarida ishlagan, shuningdek, “Chelsi”, “Palmeyras”, “Gremio”, “Kruzeyro” va boshqa klublarni boshqargan. Shuningdek u "Bunyodkor"dagi faoliyati bilan o‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish. Mutaxassis rahbarligida Braziliya terma jamoasi 2002 yilda jahon chempioni bo‘lgandi.

Kiritildi: 20:30, 14.11.2022.
O'qildi: 2189 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик