Ugo Lyoris JCH-2022da «kamalak» sardorlik bog‘ichni taqish-taqmasligi haqida gapirdi.
Avvalroq Fransiya futbol federasiyasi prezidenti Noel Le Gre milliy terma jamoa sardorining Qatarda kamalakcha bog‘ich taqib yurishni istamasligini aytgandi.
«Birinchi navbatda, biror narsa qilishdan oldin FIFA va Fransiya futbol federasiyasining roziligi kerak.
Albatta, o‘zimning shaxsiy fikrim bor va bu Prezident fikriga ma’lum darajada to‘g‘ri keladi.
Fransiyada chet elliklarni qabul qilganimizda, biz ko‘pincha ular bizning qoidalarimiz bo‘yicha o‘ynashlarini va madaniyatimizni hurmat qilishlarini xohlaganmiz.
Qatarga borganimda ham shunday qilaman. Ularning g‘oyalariga qo‘shilamanmi yoki qo‘shilmaymanmi, ularga hurmat ko‘rsatishim kerak”, — deydi «Tottenxem» darvozaboni.