Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Jahon chempionatida terma jamoalarning liboslari qanday ko‘rinishga ega?(2-qism)

Jahon chempionatida terma jamoalarning liboslari qanday ko‘rinishga ega?(2-qism)

Baho:
+ | -

Jahon chempionati qatnashchilarining liboslari bilan tanishishda davom etamiz.

Ispaniya - Adidas

"Qizil Furiya"ning asosiy libosini oldindan qanday bo‘lishini taxmin qilsa bo‘ladi va bu yil ham u o‘tmishdagi klassik kombinasiyalardan farq qilmaydi.

Kosta-Rika – New Balance

Bir yil avval Kosta-Rika futbol assosiasiyasi yangi logotipni taqdim etdi. Boshqa jihatlari bilan forma avvalgi chempionatdagilar bilan katta farq qilmaydi.

Germaniya - Adidas

Nemislar allaqachon bizni qiziqarli va zamonaviy liboslarga o‘rgatib qo‘yishgan. Qatardagi jahon chempionati ham bundan mustasno bo‘lmaydi, “Bundestim” bu turnirda qora chiziqli chiroyli oq libosda o‘ynaydi. Bu terma jamoa tarixidagi ilk liboslardan birining dizayniga ishora. Metall va oltin detallarning kombinasiyasi bu libosni yana-da yorqinlashtirgan.

Yaponiya - Adidas

Yaponiyalik dizaynerlar kimono tikishda qo‘llaniladigan sashiko tikuv texnikasidan ilhom olishgan. Shuningdek, origami san’atini aks ettiruvchi belgilarni ham libosda uchratish mumkin.

Belgiya - Adidas

Belgiya odatda qizil va qora ranglardan foydalangan liboslarda o‘ynaydi. Asosiy formaning yenglaridagi olov tasvirini hisobga olmasa, yaqqol ajralib turadigan tarafi yo‘q.

Kanada - Nike

Kanada Jahon chempionati uchun yangi libos taqdim etmagan yagona jamoadir. Nike tushuntirganidek, ular endi yangi to‘plamning dizaynini ishlab chiqmoqda ekan. Shuning uchun Qatarda Alfonso Devis va boshqa kanadaliklar eng oddiy liboslarda harakat qiladi.

Marokash - Puma

Marokash terma jamoasining asosiy formasi 1998 yildagiga o‘xshatma qilingan bo‘lib, o‘shanda terma jamoa jahon chempionati o‘yinlaridagi so‘nggi g‘alabasini qo‘lga kiritgan.

Xorvatiya - Nike

Xorvatiyalik “shashka”lar bu jamoaning azaliy xususiyati hisoblanadi. Albatta, jahon chempionatida ularni hech kim rad etmoqchi emasdi. Ammo Nike futbolkaning markazidagi joyni bo‘shatib, dizaynga biroz yangilik kiritdi.

Braziliya - Nike

Har doimgidek, Jahon chempionatida Braziliya sariq-oq-ko‘k libosda o‘ynaydi. Ammo bu yerda ham g‘ayrioddiy yechimlar mavjud. Asosiy libosda bilinear-linmas nashqlar mavjud.

Serbiya – Puma

Serblarning asosiy formasi oddiy dizaynga ega, to‘q qizil rang va oltin bezak kombinasiyasidan iborat.

Shveysariya - Puma

Shveysariya, jahon chempionatining boshqa ishtirokchilari kabi, to‘plamni tayyorlashda o‘tmishning ramziy shakllaridan ilhom oldi. Mehmon libosida asosiy e’tibor ko‘krak qafasidagi naqshga qaratilgan bo‘lib, u yerda o‘yin raqamidan tashqari, Shveysariya bayrog‘i va mamlakat futbol federasiyasi logotipini joylashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Kamerun – One All Sports

Kamerun milliy terma jamoasining futbolkalari dizaynlari ular Le Coq Sportif brendi bilan hamkorlik qilganlarida bahsli holatlar bo‘lgan edi. Sud jarayonidan so‘ng, terma jamoa mashhur bo‘lmagan yana bir brend - One All Sports tomonidan ekipirovkalar bilan ta’minlanadi.

Portugaliya - Nike

Nike Portugaliya terma jamoasi bilan 25 yillik hamkorlikni noodatiy asosiy libos bilan nishonlashga qaror qildi. Portugaliya futbolkasi qizil va yashil ranglarga bo‘lingan. Ushbu dizayn milliy terma jamoada birinchi marta qo‘llanilmoqda. Nike xabariga ko‘ra, maqsad o‘yinchilar bayroqni taqqandek ko‘rinishga ega bo‘lish edi.

Gana-Puma

Oddiy, ortiqcha bezaklarsiz Gananing libosini tasavvur qilish qiyin, lekin bu yil ularning liboslari aynan shunday holaytda. Ammo davlat bayrog‘i ranglaridagi manjetlar oq fon bilan ajoyib tarzda ajralib turadi.

Urugvay - Puma

Asosiy formalar to‘plamida Puma klassik va g‘ayrioddiy yechimlarni birlashtirib, ajoyib ish qildi. Bir qarashda, Urugvay uchun an’anaviy bo‘lgan ko‘k rangli futbolka hech qanday tarzda ajralib turmaydi. Boshqa tomondan, oq manjetlar, yoqa va tugmachalar libosga o‘ziga xos joziba beradi. Zaxira formasi Argentina termasinikiga juda o‘xshaydi.

 

Kiritildi: 21:18, 15.11.2022.
O'qildi: 4842 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.