Kirish Ro'yxatdan o'tish

Buskets hali bir qarorga kelmagan

Buskets hali bir qarorga kelmagan

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets hali ham kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.

Kataloniyaliklar hali ham 34 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda, biroq kelishuvga qadar hali ko‘p qadamlar qo‘yilishi kerak. Avvalroq OAVda qayta-qayta xabar qilinganidek, Busketsning o‘zi amaldagi shartnoma muddati tugaganidan keyin 2023 yilning yozida kataloniyaliklar lagerini tark etish imkoniyatini haqiqatdan ham ko‘rib chiqmoqda.

Insayder jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, Serxioga Saudiya Arabistonining ikki jamoasi qiziqish bildirmoqda, biroq yarim himoyachining o‘zi faoliyatini MLSda davom ettirishni ma’qul ko‘radi.

Joriy mavsumda “Barselona” sardori 16 ta uchrashuvda ishtirok etdi va bitta samarali uzatma qayd etdi. Buskets kataloniyaliklar safida jami 696 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 44 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:28, 16.11.2022.
O'qildi: 1278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.