Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" Abraxamga qiziqmoqda

"Arsenal" Abraxamga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

"Roma" qishki transfer oynasida hujumchi Temmi Abraxam bilan xayrlashishi mumkin. Calciomercato xabariga ko‘ra, 25 yoshli ingliz futbolchisiga "Arsenal" da’vogarlik qilmoqda.

Hujumchining Rim klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 45 million yevroga baholamoqda.

Abraxam joriy mavsumda “Roma” safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchida 4 ta gol va bitta golli uzatma bor.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt o‘z jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun so‘nggi qaydnomasiga futbolchini kiritmaslikka qaror qildi.

Kiritildi: 20:18, 17.11.2022.
O'qildi: 2053 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик