"Barselona" himoyachisi Serxio Buskets qishda - yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda. Biroq, Marca xabariga ko‘ra, u shartnomasini oxirigacha tugatib qo‘ymoqchi.
Busketsning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyunida tugaydi. Serxio Kataloniya jamoasida 2008 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U klub safida 460 dan ortiq rasmiy o‘yin o‘tkazgan.