Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Vinisius: "Jarohat olib, JCHni o‘tkazib yuborishdan qo‘rqdik"

Vinisius: "Jarohat olib, JCHni o‘tkazib yuborishdan qo‘rqdik"

Baho:
+ | -

Vinisius Junior o‘ziga qilinayotgan qo‘polliklar haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik futbolchi Yevropaning top-5 ligasida eng ko‘p qoida buzarlikka uchraydigan futbolchi hisoblanadi.

"Maydonda sodir bo‘layotgan narsa maydonda qoladi, ammo bu juda uzoqqa cho‘zildi. Siz kuchli bo‘lishingiz mumkin, lekin raqiblar yakkakurashlarda qo‘pollik qilishadi. Rodrigo va men so‘nggi o‘yinlarda juda ko‘p azob chekdik va eng yomoni – jarohat olish va jahon chempionatini o‘tkazib yuborishdan qo‘rqdik.

Muhim o‘yinchi bo‘lishni boshlaganingizda, raqiblar sizga qarshi ko‘proq o‘ynashni boshlaydilar. Siz u bilan kurashishni o‘rganishingiz kerak. Neymar "Barselona"da o‘ynaganida men undan ko‘p narsani o‘rgandim, u ham ko‘p azob chekdi. Krishtianu Ronaldu ham "Real"da o‘ynaganida juda ko‘p azob chekdi.

Ammo Karim Benzema menga xotirjam bo‘lishni aytdi, chunki raqiblar sizning orqangizdan bo‘lsa, demak, siz muhimsiz, ular sizdan qo‘rqishadi.

Shu bois to‘pni olib, oldinga o‘tsam, buni o‘ch olish ishtiyoqi bilan qilaman. Ha, jarohat olishim mumkin. Lekin men bu sinovga tayyorman” - dedi “Real” va Braziliya terma jamoasi forvardi.

Kiritildi: 17:46, 19.11.2022.
O'qildi: 2725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик